TOSHKENT, 30 noya - Sputnik. Juma kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSH prezidenti Donald Trampning G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvni bekor qilish haqidagi qaroriga izoh berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Mariya Zaxarovaning fikriga koʻra, Trampning bayonoti Qora dengizdagi Ukraina dengizchilari bilan boʻlgan hodisaga aloqasi yoʻq, toʻgʻrisi, bu AQShdagi ichki siyosiy vaziyatga bogʻliq.
“Menimcha, har holda AQShdagi ichki siyosiy vaziyatdan javobni izlash lozim. AQShdagi ichki siyosiy qarama-qarshilik - mana bu qaror qabul qilishda asosiy boʻlgan”, - deydi Mariya Zaxarova.
Soʻnggi kunlarda Tramp fikrini bir necha marta oʻzgartirishga ulgurdi – chorshanba kuni Rossiya prezidenti bilan suhbat oʻtkazishga ishonchi komil emasligi maʼlum qildi, soʻngra Vashington uchrashuvni tasdiqladi, payshanba kuni esa AQSH yetakchisi yana uchrashuvni bekor qildi.
Shu bilan birga, u Qora dengizdagi hodisa boʻyicha maʼruza sabab boʻlganini taʼkidlagandi.
Eslatib oʻtamiz, 25 noyabr kuni ertalab Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining “Berdyansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari Rossiya chegarasini noqonuniy kesib oʻtib, mamlakatning hududiy suvlariga kirgan. Qora dengizdan Kerch boʻgʻozi boʻylab harakat qilishgan. Ular Rossiya harbiylarining talablariga boʻysunishmagan va natijada qoʻlga olingan. Chorshanba kuni dengizchilarga ayblov qoʻyildi.