Hodisalar

Fargʻonada soxta MIB xodimi qoʻlga olindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishNaruchniki na dveri kletki
Naruchniki na dveri kletki - Sputnik Oʻzbekiston
Rishton tumanida yashovchi fuqaro MIB xodimi qiyofasida tumanda istiqomat qiluvchi ayolni 330 ming soʻmga chuv tushirgan

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Fargʻonaning Rishton tumanida soxta MIB xodimi qoʻlga olindi, deb xabar berdi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Pichoqlangan MIB xodimi prezident farmoniga koʻra "Jasorat" medali bilan taqdirlandi

Xabarda aytilishicha, tuman IIBga 7 noyabr kuni shu xususda ariza kelib tushgan.

Arizachi ayol shu yil 1 noyabr kuni oʻzini Abror Toshmatov deb tanishtirgan nomaʼlum shaxs MIB xodimi qiyofasida gaz va elektr taʼminotidan qarzdorligini aytib, undan 330 ming soʻm olib, toʻlov uchun qalbaki maʼlumotnoma berib ketganligini maʼlum qilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyat Rishton tumanida yashovchi "Toza Hudud" DUK haydovchisi SH.J. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. Gumondor ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala