Katta Jorj Bush vafot etdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishDj.Bush starshiy
Dj.Bush starshiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nashr xabar qilishicha, Bush 30-noyabrga o‘tar kechasi vafot etgan.

TOShKENT, 1 dek - Sputnik. AQShning sobiq prezidenti katta Jorj Bush 94 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Nashr xabar qilishicha, Bush 30-noyabrga o‘tar kechasi vafot etgan.

"Jen, Neyl, Marvin, Doro va men qayg‘u il shuni ma’lum qilamizki, 94 buyuk yilni yashab o‘tgan, bizning aziz padari buzrukvorimiz olamdan ko‘z yumdi", — deyiladi bayonotda, kichik-Bushga qarashli markazning rasmiy  Twitterida.

Bush 1989-1993 yillarda davlat rahbari lavozimini egallagan. Uning xalqaro siyosati Panama, Filippin va Fors qo‘ltig‘ida o‘tkazilgan harbiy operatsiyalar bilan o‘lchanadi. Katta-Bush shuningdek, AQSh markaziy razvedkasining 11-rahbari (1976-1977 yillar) va AQShning 43-vitse prezidenti (1981-1989 yillar) lavozimlarini egallagan. Joriy yilning aprelida uning rafiqasi Barbara Bush olamdan o‘tgan edi. Juftlik 73-yil birgalikda hayot kechirgan.

Yangiliklar lentasi
0