Hodisalar

Toshkentda 52 nafar oʻzbekistonlik yonib ketgan avtobus egasi qoʻlga olindi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻz vatanida 46 yashar erkak transportni sifatsiz taʼmirlaganlik va uni texnik nosozliklar bilan ekspluatatsiyaga chiqarganlikda ayblanmoqda

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Toshkentda shanba kuni ertalab 46 yashar Qozogʻiston fuqarosi qoʻlga olindi. Toshkent shahar IIBB xabar qilishicha, u 2018 yilning yanvar oyida 52 nafar oʻzbekistonlik yonib ketgan avtobusning egasi.

"Avtobus 46 yashar Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi O.M.ga tegishli boʻlib, u huquqni muhofaza qilish organlariga kelmagan va tergovdan qochib yurgan. U "Transportni sifatsiz taʼmirlaganlik va uni texnik nosozliklar bilan ekspluatatsiyaga chiqarganlik" moddasi boʻyicha ayblanmoqda", - deyiladi xabarda.

Tez orada gumonlanuvchi Qozogʻiston huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.

Bu vaqt oraligʻida Qozogʻistonning Aqtoʻbe shahrida ushbu jinoiy ish yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda. Noyabr oyi boshida besh nafar ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi eʼlon qilingan. Ular orasida avtobus haydovchisi va mexanik bor.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning yanvar oyida Aqtoʻbe viloyatining Samara-Shimkent trassasida Rossiyaga yoʻl olgan yoʻlovchilar avtobusi yonib ketgan. Yongʻin oqibatida Qozon shahriga ishlashga ketayotgan 52 nafar Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻlishgan. pravlyalsya v Rossiyu.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala