Jamiyat

Oʻzbekistonda avtomobil oʻgʻirlanishiga qarshi uskuna sinovdan oʻtmoqda - Qoʻriqlash xizmati

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishAvtomobilnыe vorы
Avtomobilnыe vorы - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda oʻtkazilgan IIV matbuot-anjumani doirasida mahalliy va xorijiy jurnalistlar eʼtiboriga IIV Qoʻriqlash xizmati tomonidan sinovdan oʻtkazilayotgan avtomobillar oʻgʻirlanishiga qarshi uskuna namoyish etildi

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Oʻzbekistondagi avtomobil transportlarining birida uni oʻgʻrilardan ishonchli himoya qiluvchi uskuna sinovdan oʻtkazilmoqda. Ijobiy natijalardan soʻng, u Oʻzbekistondagi transport vositalarida oʻrnatilish uchun tavsiya etilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Militsiya xizmat mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻriqlash xizmati: Oʻzbekistonda tez orada mashina oʻgʻirligiga chek qoʻyiladi

"Oʻzbekistonda avtomobil oʻgʻirlanishiga qarshi Rossiyaning "Sokrat" qoʻriqlash agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan bort komplekti mavjud. Avtomobil ushbu moslamaga datchiklar orqali ulanadi. Datchiklar qoʻriqlash xizmati xodimlariga monitoring davomida transport vositasining harakatlanishi, sarflari, ayni vaqtda transport vositasi qayerda harakatlanayotgani, yurgʻizilgan yoki yurgʻizilmagani va, hattoki, eshiklari ochiq-ochiq emasligigacha koʻrsatib turadi" - dedi Sputnik muxbiriga Toshkent shahar Qoʻriqlash xizmati vakili Farhod Achilov.

Taʼkidlanishicha, transport vositasi oʻgʻrilar tomonidan ochilgani haqida tashvish xabari kelib tushadigan boʻlsa, qoʻriqlash xizmati xodimlari avtomobilni shu zahoti toʻxtatishi, eshiklarini bloklashi va mutlaqo harakatdan cheklashi mumkin.

Achilov shuningdek, ushbu uskunani tashqaridan oʻchirib qoʻyadigan "glushitellar" mavjud emasligini qayd etdi. 

"Hozirda ushbu moslama transport vositalarining birida sinovdan oʻtkazilmoqda. Tegishli ijobiy koʻrsatkichlardan soʻng qoʻriqlash xizmati uni respublikada joriy etish boʻyicha ishlarni boshlab yuboradi", - dedi qoʻriqlash xizmati vakili. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston IIV ikki yildan beri avtomobil oʻgʻirligiga chek qoʻyadigan uskunani joriy qilish vaʼdasini berib keladi. Xususan, 2017 yilning may oyida Toshkent militsiyasi oʻzi ishlab chiqargan, masofadan boshqariladigan elektron tizimni ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida ommaga eʼlon qilgan boʻlib, ushbu loyiha 2018 yildan amalga oshirilishi kerak edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala