O‘zbekistonda avtomobil o‘g‘irlanishiga qarshi uskuna sinovdan o‘tmoqda - Qo‘riqlash xizmati

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobilnie vori
Avtomobilnie vori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda o‘tkazilgan IIV matbuot-anjumani doirasida mahalliy va xorijiy jurnalistlar e’tiboriga IIV Qo‘riqlash xizmati tomonidan sinovdan o‘tkazilayotgan avtomobillar o‘g‘irlanishiga qarshi uskuna namoyish etildi

TOShKENT, 1 dek - Sputnik. O‘zbekistondagi avtomobil transportlarining birida uni o‘g‘rilardan ishonchli himoya qiluvchi uskuna sinovdan o‘tkazilmoqda. Ijobiy natijalardan so‘ng, u O‘zbekistondagi transport vositalarida o‘rnatilish uchun tavsiya etilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Militsiya xizmat mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘riqlash xizmati: O‘zbekistonda tez orada mashina o‘g‘irligiga chek qo‘yiladi

"O‘zbekistonda avtomobil o‘g‘irlanishiga qarshi Rossiyaning "Sokrat" qo‘riqlash agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan bort komplekti mavjud. Avtomobil ushbu moslamaga datchiklar orqali ulanadi. Datchiklar qo‘riqlash xizmati xodimlariga monitoring davomida transport vositasining harakatlanishi, sarflari, ayni vaqtda transport vositasi qayerda harakatlanayotgani, yurg‘izilgan yoki yurg‘izilmagani va, hattoki, eshiklari ochiq-ochiq emasligigacha ko‘rsatib turadi" - dedi Sputnik muxbiriga Toshkent shahar Qo‘riqlash xizmati vakili Farhod Achilov.

Ta’kidlanishicha, transport vositasi o‘g‘rilar tomonidan ochilgani haqida tashvish xabari kelib tushadigan bo‘lsa, qo‘riqlash xizmati xodimlari avtomobilni shu zahoti to‘xtatishi, eshiklarini bloklashi va mutlaqo harakatdan cheklashi mumkin.

Achilov shuningdek, ushbu uskunani tashqaridan o‘chirib qo‘yadigan "glushitellar" mavjud emasligini qayd etdi. 

"Hozirda ushbu moslama transport vositalarining birida sinovdan o‘tkazilmoqda. Tegishli ijobiy ko‘rsatkichlardan so‘ng qo‘riqlash xizmati uni respublikada joriy etish bo‘yicha ishlarni boshlab yuboradi", - dedi qo‘riqlash xizmati vakili. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston IIV ikki yildan beri avtomobil o‘g‘irligiga chek qo‘yadigan uskunani joriy qilish va’dasini berib keladi. Xususan, 2017-yilning may oyida Toshkent militsiyasi o‘zi ishlab chiqargan, masofadan boshqariladigan elektron tizimni ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida ommaga e’lon qilgan bo‘lib, ushbu loyiha 2018-yildan amalga oshirilishi kerak edi.

Yangiliklar lentasi
0