Hodisalar

IIBB 14 yoshli maktab oʻquvchisini qidirmoqda

Gafurova Visola Ravshan qizi
Gafurova Visola Ravshan qizi - Sputnik Oʻzbekiston
Huquqni saqlash organlari 3 kun oldin yoʻqolgan 14 yoshli qiz bolani topishda yordam soʻramoqda.

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Huquqni saqlash organlari, 3 kun oldin uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan oʻquvchi qizni izlamoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB.

Gafurova Visola Ravshan qizi, 2004-yilda tugʻilgan, voyaga yetmagan, Toshkent viloyati Toshkent tumani Keles shahri 18-maktab 8-sinf oʻquvchisi.

29 noyabr kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Mirzo-Ulugʻbek tumani Parkent koʻchasida joylashgan qarindoshining uyidan chiqib, bedarak yoʻqolgan.

Belgilari: boʻyi 150 sm, sochlari uzun va yorqin jigar rang, gavda tuzilishi oʻrtacha. Kiyimlari: qora palto, qora shim va mexli etiklar.

Toshkent shahar IIBB ushbu bolaning qayerdaligi hakida maʼlumotga ega boʻlganlarni 102 raqami orqali xabar berishlarini soʻraydi.

Gafurova Visola Ravshan qizi
IIBB 14 yoshli maktab oʻquvchisini qidirmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Gafurova Visola Ravshan qizi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala