Turkiya yo Rossiyani yo G‘arbni tanlashi kerak – AQSh senati Turkiyaga ultimatum qo‘ydi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKompleks PVO S-400 "Triumf" zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va NATO Turkiya Rossiyadan “S-400” sotib olayotganidan nega bunchalik vahimaga tushgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Turkiya yo Rossiyani yo G‘arb mamlakatlarini tanlashi kerak, dedi AQSh senatining qurolli kuchlar qo‘mitasi rahbari Jeyms Inxof (Jon Makkeyn o‘rniga kelgan senator).  Bu haqida Blumberg xabariga asosan RIA Novosti xabar qilmoqda.

ZRS S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilmoqchi

“Agar Turkiya F-35 dasturi ichida qolishni istasa, u Rossiyadan S-400 tizimlarini olishdan voz kechishi kerak”, - dedi Inxof Pentagonning Kongress uchun tayyorlangan hisobotiga izoh berarkan.

Inxof aytishiga qaraganda, Turkiya AQShning NATO bo‘yicha juda muhim hamkoridir. Shu sabab u o‘z maqomiga muvofiq harakat qilishi kerak. “Turkiya yo Rossiyani yo G‘arbni tanlashi kerak. Agar Turkiya S-400 sotib olishda davom etsa - uni salbiy oqibatlar kutmoqda” – dedi senator.

Blumberg shuningdek, AQSh va NATO Turkiyaning S-400 sotib olishidan nega bunchalki tashvishga tushganini ham aytib o‘tgan. Harbiy ekspert Stiven Zalogining fikriga ko‘ra, Turkiyaga S-400 bilan birga rossiyalik harbiy mutaxassislar ham kelishadi va ular S-400ni amerikaning F-35 samolyotiga qarshi sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.

“Rossiyalik harbiy mutaxassislar S-400 radarlarini Turkiyaning F-35 samolyotlariga qarshi sinab ko‘rishi mumkin. Bu amerika qiruvchi samolyotining antiradar xususiyatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin”, - deydi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya va Rossiya 2017-yilning dekabr oyida umumiy qiymati 2,5 milliard dollar bo‘lgan to‘rtta ZRK S-400  divizioni yetkazib berish borasida bitim imzolagan edi. Shartnomaga ko‘ra, majmuaning birinchi partiyasi 2019-yilning oktabr oyida yetkazib berilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0