Jamiyat

Hammasiga qurt-qumusqalar aybdor...

© Sputnik / Eugene LeshkovskyKollektsiya jukov Daugavpilsskogo universiteta.
Kollektsiya jukov Daugavpilsskogo universiteta. - Sputnik Oʻzbekiston
Rosselxoznadzor Oʻzbekistondan kelayotgan yoʻlovchilarga nima sababdan oʻsimlik mahsulotlari olib kirish taʼqiqlanganini tushuntirib berdi.

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Soʻnggi vaqtlarda bir necha bor Rossiya aeroportlarida Oʻzbekistondan olib kelinayotgan meva-cheva hamda oʻsimlik mahsulotlari toʻxtatib qolinayotgani haqida xabar bergan edik.

Suxofruktы  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yoʻlovchilarga oʻsimlik mahsulotlari olib kelish taʼqiqlandi - TIV

Ushbu munosabat bilan Sputnik muxbiri Rosselxoznadzorning Veterinariya va Fitosanitariya nazorati xizmatiga murojaat qilib, vaziyatni izohlab berishni soʻragan edi. Oradan bir necha kun oʻtib biz quyidagi javobni oldik.

Rosselxoznadzor tomonidan 2012 yilning 16 aprelida Oʻzbekistondan kelayotgan yoʻlovchilar bagaji va qoʻl yuklarida karantin ostiga tushuvchi mahsulotlarni olib kelishni taʼqiqlash haqida qaror qabul qilgan edi. Lekin shunga qaramasdan yoʻlovchilar yuklarida doimiy ravishda Rossiyada taʼqiqlangan (karantin ostiga tushuvchi) obʼyektlarni olib kelishda davom etmoqda.

Ovoщi na Mejdunarodnoy vыstavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Meva-sabzavot eksportida fitosanitar normalari qayta koʻrib chiqiladi

Xususan, 2014 yilda - 242 marotaba, 2015 yilda -  184 marotaba, 2016 yilda -152 marotaba, 2017 yilda - 190 marotaba, 2018 yilning oʻtgan davri mobaynida - 134 marotaba ana shunday faktlar aniqlangan.

Rossiya va xalqaro fitosanitariya normalariga koʻra Oʻzbekistondan olib kelingan quruq mevalar, olma, zira, noʻxat, mosh va loʻviya tarkibida quyidagi zararkunanda hashorotlar aniqlangan: Frankliniella occidentalis Perg., Callosobruchus spp.,  Bemisia tabaci Gen., Grapholitha molesta Busck.,  Cuscuta spp., Acroptilon repens DC., Ambrosia artemisiifolia.

“Yuqoridagi faktlarni hisobga olgan holda, hozircha, Oʻzbekistondan kelayotgan yoʻlovchilar yuklarida meva-chevalar va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini olib kelish taʼqiqini bekor qilishning iloji yoʻq”, - deyilgan xabarda   

Eslatib oʻtamiz, xuddi shunday taʼqiq nafaqat Oʻzbekistondan kelayotgan yoʻlovchilarga nisbatan, balkim Tojikiston va Ozarbayjondan kelayotgan yoʻlovchilar uchun ham amal qiladi. Ushbu fitosanitariya talablari YEOII Bojxona komissiyasining 18.06.2010 sanada imzolangan 318-sonli “Yevroosiy iqtisodiy ittifoqida oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi qarorida tasdiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala