Iqtisod

Oʻzbekistonda 1 yanvardan maoshlar oʻrtacha 10% ga oshirilishi mumkin

© Flickr / Chris PriceUzbekskiye sumы
Uzbekskiye sumы - Sputnik Oʻzbekiston
2019 yilning 1 yanvaridan boshlab 1 razryadli xodimlar maoshi +15 %ga, ikkinchi razryad +10 %ga va uchinchi razryadga +5 %ga oshirilishi mumkin.

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab minimal ish haqqi 577 ming soʻmgacha oshirilishi mumkin. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida aytib oʻtilgan. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida joylashtirilgan. 

"Oʻzbekiston prezidentining 2018 yil 13 oktyabrda imzolangan 5553-sonli “Oylik maoshlar, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi” qaroriga asosan, kam oylik toʻlanuvchi ishchilar maoshlarini tarif koefitsentlarini oshirish yoʻli bilan  oʻrtacha 10 %ga oshiriladi", - deyilgan qaror loyihasida.  

Xususan, 1 dekabrga qadar mavjud boʻlgan EKIHning 2,476, 2,725 va 2,998 baravariga teng  koefitsentlar tegishli ravishda 2,847, 2997 va 3,148 raqamlariga oʻzgartiriladi.

Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda 1 noyabrdan oylik, stipendiya va pensiyalar miqdori oshirildi

Shunday qilib, 2019 yilning 1 yanvaridan bishlab birinchi razryad kvalifikatsiyasga ega boʻlgan xodimlarga eng kam ish haqqi 577 ming soʻm (+15%), ikkinchi razryadga - 607 ming soʻm (+10%) va uchinchi razryadga - 638 ming soʻm (+5%) miqdorida minimal ish haqi belgilanadi.

Shu oʻrinda Mehnat uchun toʻlanadigan minimal ish haqi va eng kam oylik ish haqqi (EKOIH) ni adashtirmaslik lozim. Oʻzbekistonda  2018 yilning 1 noyabridan boshlab EKOIH miqdori 202 730 soʻm etib belgilangan boʻlsada, ushbu miqdor turli jarima, soliq va boshqa toʻlovlarni hisoblash uchun foydalaniladi.

Har qanday ishda ishlaydigan xodim va ishchilarga Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 iyuldagi qaroriga asosan Mehnatga haq toʻlashning yagona setkasi asosida toʻlanadi. Tarif setkasiga muvofiq minimal ish haqqi kamida EKOIHning 2,476 baravariga teng.  Bugungi kun holatiga bu 501 ming soʻmni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala