Onishenko MDHdagi AQSh biolaboratoriyalari haqida: asosiysi mediklarni harbiylardan farqlash

© Sputnik / Aleksey KudenkoBrifing Ministerstva oboroni RF po bioorujiyu
Brifing Ministerstva oboroni RF po bioorujiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Markaziy Osiyoning ayrim davlatlarida tashkil etilayotgan xavf-xatar va kasalliklarni boshqarish bo‘yicha laboratoriyalar xavflimi? Gruziya va Qozog‘istondagi harbiy laboratoriyalarda aslida nima ustida ish olib boradi - professor Onishenko bu haqda Toshkentda gapirib berdi

TOShKENT, 3 dek - Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, professor Gennadiy Onishenko Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari bilan uchrashuvda AQSh tomonidan Gruziyada tashkillashtirilgan maxfiy biologik laboratoriyalar to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, bunday bazalar xavfli ekani va Vashington - biologik qurol to‘g‘risidagi konvensiyaga umuman amal qilmayapti, deya qayd etdi.

Ximicheskaya zashita - Sputnik O‘zbekiston
Uchinchi jahon urushi yoxud Pentagonga rossiyaliklarning to‘qimalari nima uchun kerak?

Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

Rossiya sobiq Bosh sanitariya vrachi Gennadiy Onishenko Gruziyadagi maxfiy laboratoriyalar - o‘ta xavfli ekanligiga urg‘u berib, ular AQSh armiyasining harbiy laboratoriyasidan boshqa narsa emas, deya qayd etdi.

"Bu juda jiddiy, ulkan va himoya darajasi o‘ta yuqori muhandislik inshooti bo‘lib, bugungi kunda u eng xavfli - birinchi va ikkinchi guruhdagi viruslar bilan ishlash imkonini beradi", - dedi olim va xuddi shunday 2ta laboratoriya Qozog‘istonda ham mavjud, deya qo‘shimcha qildi.

Onishenkoning aytishicha, yadroviy, kimoviy va biologik ommaviy qirg‘in qurollari orasida eng tartibga solinmaydigani bu - biologik quroldir. 

"1972-yilda qabul qilingan biologik qurol to‘g‘risidagi konvensiya nazorat mexanizmiga ega emas. Ushbu mexanizm ratifikatsiya qilinishi arafasida 2001-yilning 18-sentabrida, egizak-binolarga uyushtirilgan hujumdan so‘ng, Klinton xonim amerikaliklarni biologik hujum qurboni, deb atab, AQSh ushbu konvensiyadan bir taraflama chiqishini e’lon qilgan edi. Lekin keyin ma’lum bo‘ldiki, amerikaliklar ushbu hujumni o‘z xalqiga nisbatan o‘zlari uyushtirishgan bo‘lib chiqishdi. AQShning eng yaxshi kuydirgishunos olimi bu xavfli komponentni keyinchalik tarqatish uchun konvertlarga taqsimlab chiqqan edi", - deydi professor.

Oplodotvorennie yaysekletki mishi v chashke Petri gotovi dlya eksperimenta.  - Sputnik O‘zbekiston
MDHning uch mamlakatida Pentagon labaratoriyalari qayta ta’mirlanmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘shma Shtatlar bu uchun sibir yazvasi (kuydirgi)ning eng tez ta’sir qiluvchi turi - "Eyms shtammi" biologik komponentini konvertlarga solib, eng taniqli jurnalistlar, nomdor OAVlar tahririyatlariga yo‘llashgan. O‘shanda yetti kishi vafot etgan.

"Shundan so‘ng amerikaliklar bir haftaga o‘z osmonini butkul yopdilar. Biz ularga Bishkek, Jalolobodda o‘z bazalarini tashkil qilishga ruxsat berdik. Ular Afg‘onistonga qo‘shin olib kirishdi. AQSh mana shu maqsadda o‘z xalqiga nisbatan hujum tashkillashtirgan edi", - deydi professor.

Onishenkoga kshra, Gruziyada laboratoriyalar ham havoda aylanib yurgan rus xalqi shtammlarini o‘rganish uchun tashkil etilgan. "Bugungi kunda bu laboratoriyalar bizga qarshi qaratilgan bo‘lsa-da, Xitoy bu borada o‘z xavotirini bildirdi. Chunki Qozog‘iston bilan ulkan chegaraga ega va bu holat Xitoyni bezovta qilmasdan qolmaydi, albatta", - deydi olim.

MDHning uch mamlakatida tashkil etilgan laboratoriyalar haqida

Ilgariroq, OAVlarda Ukraina, Ozarbayjon va O‘zbekistonda Pentagonga tegishli bo‘lgan xavf-xatarlar va kasalliklarni boshqarish laboratoriyalari laboratoriyalarda qayta ta’mirlash amalga oshirilayotgani haqida xabar berilgan edi. Professor Onishenko bu laboratoriyalar faoliyatiga quyidagicha baho berdi.

Eskpert so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yoki MDH hududida u yoki bu laboratoriyalarni qurishda u yoki bu chet el laboratoriyalari kimning boshqaruvida ekanligini aniq farqlash lozim. Bu yerda laboratoriyalar AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqaruvida bo‘lishi boshqa, va mediklar ortida harbiylar bo‘lishi tamomila boshqa holat.

"Bunday laboratoriyalarda tabiiyki, harbiy mutaxassislar faoliyat yuritadilar. Harbiy mikrobiologlar har qanday harbiy singari o‘z oldiga qo‘yilgan harbiy topshiriqlarni bajaradilar. Qolaversa, harbiy laboratoriyalarni jismoniy laboratoriyalardan farqlash lozim. Gruziyadagi laboratoriyalar endi tashkil etilganida, bizning o‘rganishlarimiz u yerda birorta jismoniy laboratoriyada yo‘q tuzilmalarmavjudligini ko‘rsatgan. Ya’ni ushbu laboratoriyalarda "sovuq xonalar" mavjud bo‘lib, bu termal xonalarda ulkan miqdorda faol biologik materiallarni to‘plash mumkin. Jismoniy laboratoriyalarda bunday emas: deylik, mikrobni aniqlashimiz bilan unga ta’rif beramiz va uni o‘ldiramiz. Bu nimaga teng bilasizmi? Masalan, uyingizda qurol mavjud bo‘lsa-da, siz yo‘q, bu bolalarim o‘ynasin uchun, deb yupatsangiz", - deydi professor.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGennadiy Onishenko v uzbekskom chapane i tubeteyke
Onishenko MDHdagi AQSh biolaboratoriyalari haqida: asosiysi mediklarni harbiylardan farqlash - Sputnik O‘zbekiston
Gennadiy Onishenko v uzbekskom chapane i tubeteyke

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyining boshida Rossiya Mudofaa vazirligi AQShning viruslar va shtammlarni o‘rganish sohasidagi faoliyatidan tashvishdaligini bildirgan edi. Bunda asosiy e’tibor Lugara Markaziga qaratilib, bu markaz Rossiya bilan chegaradosh mamlakatlar hududida faol ish olib boradi. Xususan, yuqorida ta’kidlanganidek, markazga qarashli laboratoriya korpuslari Ukraina, Ozarbayjon va O‘zbekistonda qayta ta’mirlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

RF harbiy idorasi ma’lumotlariga muvofiq, bu kabi laboratoriyalarda infeksion kasalliklar haqida ma’lumotlar to‘planadi va vaksinalarning himoyaviy xususiyatini yengib o‘ta olish hamda antibiotiklarga qarshi kurashuvchanlik xususiyatiga ega patogen mikroorganizmlar shtammlaridan iborat patogen mikroorganizmlar mavjud milliy kolleksiyalar mamlakatdan olib chiqib ketiladi. AQSh ushbu dastur uchun 1 milliard dollar sarflagan.

Yangiliklar lentasi
0