TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. Oʻzbekiston shaxmat tarixida birinchi marta oʻsmirlar terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Bu haqida Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi xabar qilmoqda.
Oʻzbekistonlik yosh shaxmat ustalari musobaqa davomida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha, Moldova kabi terma jamoalarni magʻlubi etganlar. Bir turda amerikalik raqiblarga imkoniyat boy berilgan xolos. Natijada oʻzbekistonlik shaxmatchilar birinchi oʻrinni egallashgan.
Shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston termasi sharafini Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Sitora Saparova himoya qildi.
Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Butunjahon olimpiadasi 2018 yil 24 noyabr – 3 dekabr kunlari boʻlib oʻtdi.