O‘zbekistonda taqiqlangan klip Rossiya telekanali orqali namoyish qilinmoqda

Obuna bo‘lish
Bundan avval xonandaning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatilgandi.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. O‘zbekistonda taqiqlangan Shahlo Ahmedovaning “Letnie dojdi” klipi Rossiyaning RU.TV telekanali orqali namoyish qilinmoqda.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Shaxlo Axmedova (@shahloahmedova)

Klip “Davay poprobuyem” loyihasi doirasida efirga uzatilmoqda, telekanal yosh xonandalarni qo‘llab-quvvatlash mo‘ljallangan.

Klip internet-foydalanuvchilarining qanchalik ko‘p ovozini to‘plasa, shunchalik u tez-tez televizorda ko‘rsatiladi.

Noyabr oyida O‘zbekistonda “Letnie dojdi” klipi uchun Shahlo Ahmedovaning litsenziyasi to‘xtatilgandi.

“O‘zbekkonsert” tomonidan xonanda Ahmedovaning “Letnie dojdi” deb nomlangan videoklipida milliy  ma’naviyatga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalq mentalitetiga zid, sharqona odob-ahloq meyorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay,  yigit va qizning ishqiy kechinmalarini  ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etilgan deb topilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0