Tramp Pokistondan Afg‘oniston va “Tolibon” masalasi bo‘yicha yordam so‘radi

© Sputnik / Aleksey Agarishev / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp.
Prezident SShA Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp Pokistonga Afg‘oniston tinchlik jarayonida yordam ko‘rsatish haqida murojaat qildi.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Pokiston bosh vaziri Imran Xonga Afg‘oniston tinchlik jarayonida yordam berish masalasida maktub yubordi, deb xabar qildi RIA Novosti Geo TV telekanaliga asosan.

Ofitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova. - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova: Tramp Putin bilan uchrashuvni AQShdagi ichki vaziyatlar tufayli bekor qildi

Telekanal xabar berishicha, dushanba kuni Imran Xon jurnalistlarga AQSh prezidentidan xat olganligini ma’lum qildi.

Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, Tramp Pokistondan tinchlik jarayonida o‘z rolini o‘ynashi, shuningdek, “Tolibon” harakati vakillarini afg‘on hukumati bilan muzokaralar stoliga o‘tirishiga chorlashga yordam berishini so‘radi.   

Bundan avval Tramp Pokistonga mablag‘ berishni rad etish bo‘yicha o‘z ma’muriyati qarorini qo‘llab-quvvatladi. U Islomobod AQSh uchun hech narsa qilmayotganini aytadi.

Pokiston o‘z hududida “Al-Qoida” terrorchilik guruhi rahbari Usam Ben Laden yashirinishga yordam berdi deb qo‘shimcha qildi Tramp.

Bunga javoban Pokiston bosh vaziri, 11-sentabrdagi teraktda mamlakatning birorta fuqarosi ishtirok  etmaganligi va Pokiston AQShga terrorizmga qarshi urushda yordam berayotganini aytadi. Keyinchalik Pokiston TIV Islomobod AQShga terrorizmga qarshi kurashda yordam bermayotganligi bo‘yicha Trampning bayonoti bo‘yicha protest kiritish uchun AQSh elchixonasining vakilini chaqirib olgandi.

27-28 noyabrda Jenevada Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Vstrecha prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa v Xelsinki - Sputnik O‘zbekiston
Vashingtonda G20 sammitida Putin va Tramp uchrashuvini tasdiqlashdi

Uchrashuv xalqaro jamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda milliy tinchlik jarayoniga yordam berish, afg‘on hukumatining islohot dasturlarining ijrosi, Afg‘onistonga qaratilgan mintaqaviy iqtisodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlandi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha “Tolibon”ni Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar stoliga o‘tishga chaqirish haqida bayonot qabul qilindi.

Tinchlik jarayonining boshlash bo‘yicha “Tolibon” vakillari taqdim etgan asosiy shart – bu barcha xorijiy qo‘shinlarini mamlakat hududidan olib chiqish jadvalini kelishishdir.

Ular bu masalani Qobuldagi hukumat bilan emas, balki AQSh bilan muhokama qilish niyatida.  

Yangiliklar lentasi
0