Darxon mahallasidagi urush qatnashchilariga qo‘yilgan yodgorlik tez orada yangi joyga o‘rnatiladi

© Foto predostavleno maxallinskim komitetom "Darxan"Stela geroyam Velikoy otechestvennoy voyni - "Nikto ne zabit, nichto ne zabito"
Stela geroyam Velikoy otechestvennoy voyni - Nikto ne zabit, nichto ne zabito - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, yodgorlikni qaytadan restavratsiya qilish ishlari deyarli o‘z yakuniga yetgan va xotira toshi tez vaqtda mahalla binosi ro‘parasiga qaytariladi

TOShKENT, 3 dek - Sputnik. "Darxon" mahallasida restavratsiya uchun vaqtincha olib qo‘yilgan Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik tez orada yana mahalla binosi ro‘parasiga o‘rnatiladi, deb xabar qildi "Sputnik" muxbiriga mahalla yig‘ini vakili.

Staroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik Darxon mahallasiga qaytadi

Eslatib o‘tamiz, "Darxon" mahalla fuqarolar yig‘inining xizmat binosi 1956-yilda qurilgan bo‘lib, bino juda ta’mirtalab holatga kelib qolganligi sababli, joriy yil avgust oyida "Zamonaviy mahalla" loyihasi asosida yangi, barcha zamon talablariga mos keladigan shart-sharoitlarga ega mahalla markazi qurish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

© Iz lichnogo arxiva maxallinskogo komiteta "Darxan"Yodgorlik o‘rnatish uchun joy tayyorlanmoqda
Darxon mahallasidagi urush qatnashchilariga qo‘yilgan yodgorlik tez orada yangi joyga o‘rnatiladi - Sputnik O‘zbekiston
Yodgorlik o‘rnatish uchun joy tayyorlanmoqda

"17 noyabr kuni "Darxon" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan vakillar yig‘ilishida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari vaqtida 1941-1945 yil Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va halok bo‘lgan jangchilari xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlikni qayta restavratsiya qilish va yodgorlik o‘rnini yangi joyga ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilib, tegishli yig‘ilish qarori qabul qilingan", - dedi suhbatdosh.

© Iz arxiva maxallinskogo komiteta "Darxan"Yodgorlik o‘rnatish uchun joy tayyorlanmoqda
Darxon mahallasidagi urush qatnashchilariga qo‘yilgan yodgorlik tez orada yangi joyga o‘rnatiladi - Sputnik O‘zbekiston
Yodgorlik o‘rnatish uchun joy tayyorlanmoqda

Qayd etilishicha, yodgorlikni qaytadan restavratsiya qilish ishlari deyarli o‘z yakuniga yetgan va xotira toshi tez vaqtda mahalla binosi ro‘parasiga qaytariladi.

Hozirda yodgorlik qo‘yiladigan joy atrofiga shag‘al to‘kilib, sement quyilmoqda.

© Foto predostavleno maxallinskim komitetom "Darxan"Yodgorlik o‘rnatish uchun joy tayyorlanmoqda
Darxon mahallasidagi urush qatnashchilariga qo‘yilgan yodgorlik tez orada yangi joyga o‘rnatiladi - Sputnik O‘zbekiston
Yodgorlik o‘rnatish uchun joy tayyorlanmoqda
Yangiliklar lentasi
0