Iqtisod

Qatar OPEKdan chiqishini eʼlon qildi

© Flickr / alex.ch FollowShtab-kvartira OPEK v Vene
Shtab-kvartira OPEK v Vene - Sputnik Oʻzbekiston
Qatar asosiy eʼtiborni - tabiiy gaz qazib olish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishga qaratmoqchi.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. Qatar Neft eksportchilari tashkilotidan chiqishini eʼlon qildi. Bu haqida RIA Novosti  Qatarning energetika vaziri Saad ben Shrida al-Kaabiga asosan xabar qilmoqda.

“Qatar OPEKdan 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab chiqadi. Biz dushanba kuni bu haqida tashkilotni ogohlantiramiz”, - deyilgan xabarda.

Vazir aytishiga qaraganda Qatar asosiy eʼtiborni - tabiiy gaz qazib olish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishga qaratmoqchi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s naslednыm printsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ shartnomasini muddatsiz davrga uzaytiradi

Qatar suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmini yiliga 77 mln tonnadan 110 mln tonaga yetkazishni rejalashtirigan. Oldin ushbu mamlakat 2024 yilga qadar yana toʻrtta suyultirilgan gaz ishlab chiqarish liniyalari ochishi mumkinligini eʼlon qilgan edi.

Elatib oʻtamiz, Qatar 57 yil oldin OPEKka aʼzo boʻlgan edi. Tashkilot miqyosida Qatar neft qazib olish hajmi 1,85 %ni tashkil qildi.  Bugungi kunda Qatar eng yirik suyultirilgan gaz eksport qiluvchi mamlakatdir.

6-7 dekabr kunlari Avstriya poytaxti Venada OPEK+ mamlakatlari vazirlarining neft qazib olish hajmini kamaytirishga qaratilgan uchrashuvi boʻlib oʻtishi kerak.

OPEK - Neft eksportchilari tashkilotiga bugun quyidagi mamlakatlar kiradi: Aljir, Angola, Venesuela, Gabon, Eron, Iroq, Kongo, Quvayt, Qatar, Liviya, BAA, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Ekvatorial Gvineya va Ekvador. OPEK dunyo bozoriga yetkazib berilayotgan neftning 3/2 qismini nazorat qiladi. Rossiya ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala