Rossiyada sotilgan Ravon avtomobillarida ommaviy nosozlik topildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMoskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon-2016. Den patiy
Moskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon-2016. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Ravon Motors Rus” Rossiyada sotilgan 5219ta Ravon avtomobillariga nisbatan ommaviy chaqiriq e’lon qildi.

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. “Ravon Motors Rus” MChJ Rossiyada sotilgan avtomobillarda aniqlangan nosozlikni bartaraf qilish uchun, ko‘ngilli ravishda, ommaviy chaqiriq kampaniyasi e’lon qildi, Rosstandart xabariga asosan.    

Sabab – prujinali xomut kuchsizligi tufayli, rul boshqaruv tizimida o‘rnatilgan shlang metall trubkadan chiqib ketishi va gidravlika suyuqligi oqib ketish ehtimoli boriligi bo‘lgan. 

Ushbu chaqiriq ostiga 2017-yilning may oyidan 2018-yilning mart oyiga qadar ishlab chiqarilgan 5219 dona  Ravon Nexia R3 avtomobillari to‘g‘ri keladi. Rosstandart saytida ularning VIN kodlari ham keltirilgan.

Avtomobil Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Ravon avtomobillari Rossiya avtosalonlarida yana paydo bo‘ldi

Texnik xizmat stansiyalarida ushbu nosozlik kompaniya tarafidan bepul bartaraf etiladi. Texnik ko‘rik uchun kelishning iloji bo‘lmaganda avtoulov egalari mustaqil ravishda ushbu nosozlikni bartaraf etishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusiga – mana shunday ommaviy chaqiriq kampaniyalari o‘tkazish rivojlangan mamlakatlarda mutlaq normal amaliyot ekanligini, bu ishlab chiqaruvchining javobgarlik burchi yuqori darajada ekanini ko‘rsatuvchi belgi ekanligi haqida gapirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0