Karpov: shaxmat Rossiyaga O‘zbekistondan kirib kelgan bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishEks-chempion mira po shaxmatam Anatoliy Karpov
Eks-chempion mira po shaxmatam Anatoliy Karpov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik grossmeyster Anatoliy Karpov sobiq FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinovning "O‘zbekiston - shaxmat vatani" deb tan olinishi kerak degan fikriga izoh berdi.

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Rossiyalik grossmeyster Anatoliy Karpov Rossiyaga shaxmat qayerdan kelgan bo‘lishi mumkinligi haqida Sputnik muxbiriga o‘z fikrini bildirdi.

“O‘zbekiston shaxmat vatani emas, ammo sobiq Qo‘qon xonligi hududida qadimgi shaxmatni topishgan. Topilma shaxmat Rossiyaga Yevropadan emas, balki O‘zbekistondan kelgan deb taxmin qilish asosini bergan”, - dedi Karpov.

Molodejnaya sbornaya Uzbekistana po shaxmatam stala chempionom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi ilk bor Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi

Mamlakatning ushbu sport turida erishgan yutuqlariga qaramay, O‘zbekiston shaxmat o‘ylab topilgan mamlakat roliga da’vogar bo‘la olmaydi, deb ta’kidladi Anatoliy Karpov.

Ekspert fikriga ko‘ra, 90-yillarda O‘rta Osiyo mintaqasi bo‘yicha qozoqlar va qirg‘izlar yetakchilik qilishgan bo‘lsa, bugungi kunda O‘zbekiston ulkan muvaffaqiyatlarga erishib, hurmatli shaxmat davlatlari qatoriga kirgan.

Yangiliklar lentasi
0