IIBB O‘zbekiston erkaklarini fohishalar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi

© SputnikTansovshisi
Tansovshisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tungi kapalaklarga qarshi operatsiya Toshkentning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yil davomida 65 nafar ayol ro‘yxatga qo‘yilgan, yana 826 nafariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 190-moddasi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. Toshkent IIBB "Chilonzor-18" dahasida ko‘p qavatli uylar oldida to‘planadigan "kapalak"larga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma’lum qildi.

Jenshina legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston fohishalar qancha pul ishlashini sanashga tushdi

Xabarda aytilishicha, Chilonzor 18 dahasida yashovchi fuqarolar OAVlarga murojaat qilib, ularni tashvishga solayotgan holat: derazalari ostida har oqshom avtomobillar to‘planishi va shovqin-suron qilishi holatiga barham berishda yordam so‘rashadi. Murojaatga ko‘ra, o‘sha avtomobillarda eng qadimiy kasb turi bilan shug‘ullanuvchi ayollar qo‘nim topishar ekan.

Toshkent IIBB ijtimoiy tarmoq, ommabop guruhlar va OAV sahifalarini monitoring qilib borishini, IIBB YHXB DPS xizmati va 5-shahar militsiya bo‘limiga murojaat kelib tushgach, darhol ko‘rilgani haqida bayon etgan.

Xabarda aytilishicha, 29-noyabr kunidan buyon IIBB xodimlari ko‘rsatilgan yo‘l qismida uzluksiz patrul xizmatini amalga oshirishmoqda, shu jumladan kechki vaqtlarda ham. Tungi osoyishtalik buzg‘unchilari ko‘p hollarda avtomobillar xizmatidan foydalanishlari tufayli, patrul ishlarida profilaktika inspektorlari bilan bir qatorda IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ham qatnashishmoqda.

Xususan, 29-noyabr kuni to‘rt nafar ayol, 30-noyabr kuni yana ikki nafar ayol qo‘lga olingan.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksining 190, 194 moddalari bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingan.

Shu tariqa, bugungi kunda fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan maksimal sanksiya bu bo‘ysunmaganlik uchun ma’muriy hibsga olish.

Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi hibsga olinganlarga qonuniy ishga joylashishning bir necha variantlarini taklif etishlari, ammo qaror qabul qilish huquqbuzar ayollarning shaxsiy ishi ekanligi ham qo‘shimcha qilingan.

Devushka na doroge - Sputnik O‘zbekiston
IIBB Qo‘yliqda fohishalar to‘planishiga barham berish usulini topdi

Patrul qatnashchilari so‘zlariga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan yo‘l qismida huquqbuzar ayollar bilan muloqotga kirishish oson kechmaydi - ular ma’lum sabablarga ko‘ra, aksariyat hollarda o‘zlarini agressiv tutadilar, turli tuman provokatsiyalarga yo‘l qo‘yadilar, ba’zilari ularni shu ishga majbur qilgan hayotidagi qiyinchiliklari haqida aytib, ularni qo‘yib yuborishlarini so‘raydilar. Qizlarning ayrimlari homilador bo‘lib chiqadi, va ularga nisbatan hibsga olish qo‘llanilmaydi.

"Mamlakat erkaklaridan bunday turdagi xizmatlardan foydalanmaslikka chaqirishni xohlardik - chunki talab bo‘lgan joyda xizmat ham bo‘ladi. Sog‘lom turmush tarzi, xavfsizlik, samimiy tuyg‘ular, muhabbat, hotirjamlik va oilani tanlang", - deyiladi xabarda.

Tungi kapalaklarga qarshi operatsiya Toshkentning barcha tumanlarida davom etmoqda, deb ma’lum qiladi IIBB, Aybdorlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yil davomida 65 nafar ayol ro‘yxatga qo‘yilgan, yana 826 nafariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 190-moddasi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0