Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda nimalarni muhokama qiladi?

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev pribыl v Sankt-Peterburg
Shavkat Mirziyoyev pribыl v Sankt-Peterburg - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida qatnashish uchun Sankt-Peterburgga keldi.

TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida qatnashish uchun Sankt-Peterburgga keldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

“MDH davlatlari rahbarlari uchrashuvi norasmiy muhitda boʻlib oʻtadi. Rahbarlar uchrashishadi, oʻz davlat bayroqlari oldida rasmga tushishadi. Undan soʻng oʻzaro norasmiy muloqot boshlanadi. Unda MDH vakillari istalgan mavzuni koʻtarishlari mumkin. Uchrashuv doʻstona tushki ovqat bilan bir vaqtda oʻtkaziladi”, - dedi ushbu uchrashuv haqida Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga.

Eslatib oʻtamiz, ushbu uchrashuv har yilning oxirida Rossiya tashabbusi bilan tashkil etiladi. Anʼanaga koʻra MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi YEOIIning Oliy iqtisodiy kengashi bilan bir vaqtda oʻtkaziladi. 

MDH davlatlarining bu yilgi noramiy uchrashuvida Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0