TOSHKENT, 7 dek - Sputnik. Dushanbeda dekabr oyida migratsiya toʻgʻrisida kino festivali boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Tadbir Xalqaro migrantlar kuniga bagʻishlangan. Kecha festivalning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tomoshabinlar eʼtiboriga “Xuddi oʻsha qayiqda” ("Na odnoy i toy je lodke") hujjatli film havola qilindi. Mazkur film Oʻrta yer dengizidagi migrantlar hayoti haqida hikoya qiladi. Festival 18 dekabrgacha davom etadi.
Birinchi festival mamlakatda oʻtgan yili boʻlib oʻtgandi. Rejissyorlar muxlislarga 4 ta hujjatli filmni taqdim etishgandi.
Migratsiya zamonamizning dolzarb mavzularidan biridir, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari uchun dolzarbligicha qolmoqda. Oʻzbekiston bu yoʻnalishda muntazam ishlar olib borib, oʻz fuqarolari qabul qiluvchi davlatlar bilan hamkorlikni keng yoʻlga qoʻymoqda, jumladan, migratsiya sohasida.
Joriy yil noyabr oxirida Oʻzbekiston migratsiya boʻyicha Xalqaro tashkilotning 173-chi aʼzosiga aylandi. Xalqaro migratsiya tashkiloti Toshkentda va Termezda oʻz vakolatxonalarini ochishni rejalashtirmoqda.