“O‘ylaymanki, biz hozir to‘g‘ri yo‘ldamiz”: Ektor Kuper Osiyo kubogini qo‘lga kiritmoqchi

Obuna bo‘lish
O‘rtoqlik uchrashuvlarida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper optimistik ruhda va Osiyo kubogiga g‘alaba qozonish niyatida.

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper matbuot anjumanida Osiyo kubogi -2019 tayyorgarlik jarayoni va bo‘lib o‘tgan yig‘inlar xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Milliy terma jamoa murabbiyi Livanga qarshi o‘rinda 0:0 va Janubiy Koreyaga qarshi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinida 0:4 hisobga erishilgan natijalar muxlislarni qattiq tushkunlikka tushirmaslik kerakligi ta’kidladi.

“Avstraliyada o‘tkazgan yig‘inimizda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi natijalar ijobiy bo‘lmaganini ta’kidlay olaman. Lekin o‘rtoqlik o‘yinlari va yig‘inlar mavjud muammolarni ko‘rib, bilib olish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Sekin-asta mana shu kamchiliklarni bartaraf etgan holda Osiyo kubogiga yaxshi hozirlik olib borishga urinamiz. Osiyo kubogidan umidlarimiz katta. Maqsadimiz qit’aning bosh musobaqasida g‘alaba qozonish”, - deydi bosh murabbiy.

Har qanday o‘rtoqlik o‘yini yoki rasmiy uchrashuvga bir xil yondashaman. Lekin o‘rtoqlik o‘yinlarining yaxshi jihati shundaki, o‘zingizda mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, yangi taktikalarni sinab ko‘rish mumkin. Balki mening o‘yin uslubim kimgadir yoqmayotgan bo‘lishi mumkin. Agar o‘zim xato qilganimga amin bo‘lsam, o‘z uslubimni o‘zgartirishim ham mumkin. Men buni to‘g‘ri qabul qilaman, deb qo‘shimcha qildi u.

Osiyo kubogiga tarkib tanlashda urg‘u faqatgina noyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘inda qatnashgan futbolchilarga qaratilmaydi. Muxlislar Osiyo kubogiga boradigan tarkibda umuman yangi nomlarni ko‘rishlari ham mumkin bo‘ladi.

“Asosiysi muxlislar uchun qayd etiladigan natija muhim. Biz ham mavjud tarkibdan kelib chiqqan holda, zarur taktik uslubda o‘z o‘yinimizni shakllantiramiz. Eng muhimi - o‘yinimizda muvozanat bo‘lsa bo‘lgani. O‘yinchilar men talab qilayotgan jihatlarni bajarishga qodir. Ularning mahorati mening talablarimni bajarishga yetishiga ko‘zim yetayapti. Agar mening talablarim yigitlarga mos kelmasa, men o‘z talablarimni o‘zgartirishim ham mumkun. Men hech qachon o‘z talablarimda qattiq turib olmayman, agar zarur bo‘lsa uni yigitlarga moslashtirishim ham mumkin”, - deya fikrlarini bildirdi Ektor Kuper.

Bosh murabbiy optimistik ruhda ekanligi va Osiyo kubogiga g‘alaba qozonish niyatida yo‘l olganini qo‘shimcha qildi.

“Ba’zan mag‘lubiyatlardan so‘ng hammada kayfiyat tushib ketadi. Lekin men murabbiylik faoliyatim davomida bunaqa vaziyatlarni ko‘p ko‘rganman. Ideal jamoa bo‘lish qiyin.  Nasib qilsa, hali oldinda yaxshi o‘yinlar va chiroyli g‘alabalarga guvoh bo‘lamiz”, -deb ta’kidladi Kuper.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida kelasi yil 5-yanvardan 1-fevraligacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekisiton terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan maydonga tushadi.

Yangiliklar lentasi
0