TOSHKENT, 7 dek - Sputnik. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtadigan yigʻinga jalb qilingan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston futbol assotsiasiyasi matbuot xizmati.
Kuper 2018 yil 15-29 dekabr kunlari oʻtkaziladigan oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga 27 nafar futbolchini chaqirdi.
Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Oʻtkir Yusupov (“Qoʻqon-1912”), Sanjar Quvvatov (“Nasaf”), Javohir Ilyosov (“Metallurg”).
Himoyachilar: Yegor Krimets (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Neftchi”), Islom Toʻxtaxoʻjayev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”), Davron Hoshimov (“Navbahor”).
Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Dilshod Rahmatullayev (“Paxtakor”), Fozil Musayev, (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Aziz Turgʻunbayev (“Navbahor”), Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya), Jasur Yaxshiboyev (“Paxtakor”), Javohir Sidiqov (“Qoʻqon-1912”), Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya).
Hujumchilar: Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Lokomotiv”), Ivan Nagayev (“Qizilqum”).
Turkiyadagi yigʻinda milliy terma jamoa Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻradi. Terma jamoa aʼzolari 29 dekabr kuni Oʻzbekistonga qaytib kelishadi. Keyin esa 2 yanvar kuni Osiyo kubogida qatnashish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga uchib ketishadi.
Avvalroq ektor Kuper Muxlislar Osiyo kubogiga boradigan tarkibda umuman yangi nomlarni koʻrishlari ham mumkin boʻlishini maʼlum qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, Osiyo Kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida kelasi yil 5 yanvardan 1 fevraligacha boʻlib oʻtadi. Oʻzbekisiton terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan maydonga tushadi.