TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Vilnyus Qora dengizdagi holatdan soʻng Rossiyaga qarshi sanktsiya kiritdi. Bu haqda Litva prezidenti Dalya Gribauskayte Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashuv chogʻida maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Biz xalqaro tashkilotlar Rossiya harakatlariga qarshi hech qanday chora koʻrmaganligini bilamiz, biroq biz Kerch boʻgʻozidagi hujumga qarshi protest sifatida oʻzimizning milliy sanktsiyalarimizni joriy etdik”, - dedi Litva prezidenti.
Litva prezidenti soʻzlariga koʻra, birinchi boʻlib sanktsiya kiritish oson boʻlmadi.
“Masalan, biz Rossiyadan shaxsiy tahdidlarni olmadik, ammo mening vazirlarim, Litva tashqi ishlar vaziri ularni oldi”, - deb qoʻshimcha qildi u.
Shu oʻrinda Gribauskayte aynan qanday sanktsiyalar kiritilganligi va vazirlar qanday tahdidlarni olganligiga aniqlik kiritmadi.
Bryusseldagi manbaa maʼlumotlariga qaragandan, Yevropa ittifoqining qator davlatlar, xususan Frantsiya va Germaniya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni joriy etishni erta deb hisoblashgandi.
Yevropa ittifoqning umumiy bayonotida sanktsiyalar haqida hech narsa aytilmagan. Bayonot barcha aʼzo-davlatlar tomonidan tasdiqlangan.
Kerch boʻgʻozidagi provokatsiya
Shu yil 25 noyabr kuni Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga tegishli boʻlgan 3 ta kema Rossiya chegarasini noqonuniy kesib oʻtib, mamlakatning hududiy suvlariga kirgan.
Ukraina buksiri “Yani Kapu” hamda zihrli qayiqlar “Berdyansk” va “Nikipol” xavfli harakatlarni amalga oshirgan va Rossiya chegara xizmatining toʻxtash haqidagi talablariga boʻysunmagan.
Cheragachilar Ukraina kemalarini qoʻlga olishdi. 24 nafar harbiylarga davlat chegarasini buzish boʻyicha ayblanib, hisbga olindi.
Bundan keyin Kiyev Moskvani agressiyada ayblab, oʻnta viloyatda harbiy holatni kiritdi.
Vladimir Putin Kerch boʻgʻozidagi holat oldindan rejalashtirilgan provokatsiya ekanligi va u prezidentlik saylovlaridan oldin Pyotr Poroshenkoning past reytingi bilan bogʻliqligini maʼlum qildi.