TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Korxonaning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Shahriobod (Du700) koʻchasi boʻylab 1-IMdan issiqlik tarmoqlarida avariya oʻzining foydalanish muddatini oʻtab boʻlgan issiqlik tarmogʻining uzatib beruvchi quvurida yorilish boʻlganligi sababli kelib chiqqan, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
“TOSHISSIQQUVVATI” DUK xodimlari tomonidan shu kabi xodisalar sodir boʻlmasligi uchun barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Korxona bergan maʼlumotga koʻra, avariya navbatchi brigadalar va isitish mavsumida shaharning issiqlik taʼminotini joyida uzluksiz taʼminlash uchun maxsus texnika yordamida soat 23:00 da bartaraf etilgan.
Maʼmuriyat keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.