TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Internet tarmogʻida Toshkentda yoʻl oʻrtasida yonayotgan mashinani tasvirga olingan video paydo boʻldi.
Facebookdagi “Voditeli Tashkentda” guruhi foydalanuvchilari maʼlum qilishicha, bu voqea bugun Qushbegida sodir boʻlgan.
Videoga qaraganda, yonayotgan mashina - Chevrolet Cobalt boʻlgan.
Internet foydalanuvchisi Toshkentning koʻchalardan birida oq rangli avtomashina yonishi holatini tasvirga olingan videoni joylashtirdi.
Videoda mashina chorrahada turgani, uning salonini toʻliq yongʻin boskani, ustida esa qora tutun koʻtarilayotganligini koʻrish mumkin.
Hozircha favqulodda xizmat saytlarida bu holat boʻyicha maʼlum yoʻq. Shuning uchun yongʻin sabablari toʻgʻrisida faqat taxmin qilish mumkin.
Ayni vaqtda oʻzbekistonlik internet foydalanuvchilari ushbu holatni qizgʻin muhokama qilib, yongʻin kelib chiqishiga ikkita sabab koʻrsatishgan: birinchisi gaz, benzin yoki metan portlashi, ikkinchisi esa elektr sim tutashuvi.
Foydalanuvchilarning izohlarida mashina salonlariga registrator, audio-video qurilmalarini oʻrnatayotganda juda ehtiyot boʻlish kerakligi aytilgan.