Namanganlik o‘quvchi tanlovda g‘olib bo‘ldi va maktabiga 10 million so‘m keltirdi

© Press-slujba Minyusta UzbekistanaVruchenie sertifikata shkole №3 Chustskogo rayona Namanganskoy oblasti
Vruchenie sertifikata shkole №3 Chustskogo rayona Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlov g‘oliblari aniqlandi. G‘oliblardan biri Malayziyaga ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. “Eng yaxshi insho” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan ishtirokchi tahsil olayotgan Namangan viloyati Chust tumanidagi 3-maktab moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida, ushbu maktabga 10 mln. so‘m miqdorida mablag‘ taqdim etildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, “Eng yaxshi jurnalistik material”, “Eng yaxshi blogpost”, “Eng yaxshi ijtimoiy rolik” tanlov g‘oliblariga Tanlov g‘oliblariga Apple iPhone X, Samsung Galaxsy S9 smartfonlari noutbuk va televizor kabi qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

“Eng quvonarlisi, ushbu zararli, jirkanch illatga qarshi o‘sib kelayotgan yosh avlodda o‘ziga xos fuqarolik pozitsiyasi, toqatsizlik va murosasizlik mavjud”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari,  "Test yeching va Malayziyaga uching" tanlovinining g‘olibi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, mahalliy gazet muxbirlaridan biri Odilov Orifjon Odiljon o‘g‘li tanlovning mutlaq g‘olibi deb topildi va Malayziyaga ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

© Press-slujba Minyusta UzbekistanaVruchenie priza pobeditelyu konkursa "Reshite test i letite v Malayziyu"
Namanganlik o‘quvchi tanlovda g‘olib bo‘ldi va maktabiga 10 million so‘m keltirdi - Sputnik O‘zbekiston
Vruchenie priza pobeditelyu konkursa "Reshite test i letite v Malayziyu"

Eslatib o‘tamiz, “Huquqingni bil va talab qil” aksiyasi davom etmoqda, ushbu aksiya doirasida hozirgi kunga qadar adliya organlari tomonidan 171 nafar fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, tegishli tashkilotlardan fuqarolar foydasiga 500 mln. so‘mga yaqin mablag‘ni undirish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0