TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Markaziy bank 12 dekabr kuni ikkita depozit auktsioni oʻtkazilishi haqida eʼlon qildi.
Har ikkisi ham foizli depozit auktsion turi. Depozit muddati - 14 va 30 kunga. Birinchisida depozit auktsioni boʻyicha maksimal foiz stavkasi 16 foiz, ikkinchisida - 17 foiz.
Mablagʻlar depozitga 12 dekabr kuni oʻtkaziladi va mos ravishda, 2018 yil 26 dekabr hamda 2019 yil 11 yanvar kuni mablagʻlar qaytariladi va depozit boʻyicha foizlar toʻlanadi.
Birinchisida depozit auktsioniga jalb qilinadigan mablagʻlarning maksimal miqdori 400 mlrd soʻm, har bir ariza boʻyicha taklif etiladigan minimal miqdor - 1 mlrd soʻm.
Ikkinchisida depozit auktsioniga jalb qilinadigan mablagʻlarning maksimal miqdori - 200 mlrd soʻm, har bir ariza boʻyicha taklif etiladigan minimal miqdor - 1 mlrd soʻm.