TOSHKENT, 7 dek - Sputnik. Parijning asosiy diqqatga sazovor boʻlgan joylaridan biri Eyfel minorasi 8 dekabr, shanba kuni mehmonlarni qabul qilishni toʻxtatadi. LaTourEiffel᾽ning Twitter᾽dagi sahifasida aytilishicha, mazkur qaror xavfsizlikni taʼminlash maqsadiga qabul qilingan. Chunki 8 dekabr kuni Parijda yonilgʻi narxining oshishiga qarshi norozilik aktsiyasi boʻlib oʻtadi.
🇫🇷 En raison des manifestations annoncées à #Paris, je serai fermée au public toute la journée du #8Decembre. ⚠
— La tour Eiffel (@LaTourEiffel) 6 dekabrya 2018 g.
Demain, une attente importante est à prévoir pour les visiteurs souhaitant acheter un billet sur place.
▶ Tenez-vous au courant : https://t.co/5jhY561sRB pic.twitter.com/U6G64ZPJdD
Maʼmuriyat shu sanaga chipta xarid qilganlarga pullarini qaytarishga vaʼda berdi.
Soʻz yonilgʻi narxining oshishiga qarshi norozilik bildirayotgan “sariq nimchalilar” toʻgʻrisida bormoqda. Ommaviy norozilik namoyishlari noyabr oyi oʻrtalarida boshlangan edi. Faollar yoʻllarni yopib qoʻyib, benzin narxining oshishiga qarshi chiqmoqda. Parijda 1 dekabr kuni politsiya va yonilgʻi narxining oshishiga qarshi norozilik bildirayotgan “sariq nimchalilar” oʻrtasida yangi toʻqnashuvlar yuz bergandi.