Qozog‘iston O‘zbekiston bosh prokurorini medal bilan taqdirladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGeneralniy prokuror Uzbekistana Otabek Murodov
Generalniy prokuror Uzbekistana Otabek Murodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Otabek Murodov Qozog‘iston bilan hamkorlikni rivojlantirgani uchun esdalik medali bilan taqdirlangan.

TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Qozog‘iston prokuratura organlari O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodovni “Xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” esdalik medali bilan taqdirladi.

Taqdirlash marosimi Ostonadagi “Mintaqaviy hamkorlikni mustaxkamlash va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi sayi-harakatlarni muvofiqlashtirish” konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi.

Ostonada Murodov Qozog‘iston bosh prokurori Kayrat Kojamjarov bilan ikki mamlakat prokuratura organlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni samarali va tezkor ta’minlash maqsadida mahkumlarni o‘tkazish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma tuzish hamda yopiq elektron aloqa kanalini joriy etish masalalarini muhokama qilgan.

Shuningdek, tomonlar ekstraditsiya, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qaytarish masalalarini muhokama qilishgan. Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bosh prokurorlarlar xalqaro shartnomalar doirasida shakllantirilgan o‘zaro munosabatlarni ijobiy baholashgan.

Yangiliklar lentasi
0