Iqtisod

“Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida joylashtirildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka oʻtishMonetы i denejnыe znaki, arxivnoye foto
Monetы i denejnыe znaki, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablagʻlar “Ipak Yoʻli” AITB banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Shu yil 5 dekabrida Xalqaro Moliya Korporatsiyasining (XMK) navbatdagi, milliy valyutada ifodalangan “Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida (London Stock Exchange) joylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Muddati 1 yil boʻlgan obligatsiyalarning umumiy qiymati – 123 mlrd. soʻm, foiz stavkasi esa 9,45%ni tashkil etadi.

Obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablagʻlar “Ipak Yoʻli” AITB banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Bundan oldin XMK London fond birjasida uch marta - muddati 2 yil, umumiy qiymati 240 mlrd. soʻm boʻlgan "Samarqand" obligatsiyalarni 9,45%-9,5% stavkalari bilan joylashtirgan edi.

Olingan mablagʻlar "Hamkorbank" ATB bankining kichik biznes subʼyektlari loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0