Jamiyat

Shin: shaxmat bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi

© Sputnik / /Ramiz BaxtiyarovMinistr doshkolnogo obrazovaniya Uzbekistana Agrippina Shin
Ministr doshkolnogo obrazovaniya Uzbekistana Agrippina Shin - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shaxmat oʻyini bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va ularni mehnatga va gʻalabaga intilishga odatlantiradi.

TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vaziri Agripina Shin Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasining Butunjahon shaxmat olimpiadasida qoʻlga kiritgan gʻalabasi haqida oʻz fikrlarini Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bildirdi.

“Har bir oʻzbekistonlik qalbini quvonch, zavq, va albatta, farzandlarimizga boʻlgan gʻurur tuygʻusi qamrab oldi. Gʻalabaga davlat, ota-onalar va bolalar oʻzaro integratsiyasi tufayli erishildi”, - dedi vazir.

Eks-chempion mira po shaxmatam Anatoliy Karpov - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Karpov: shaxmat Rossiyaga Oʻzbekistondan kirib kelgan boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida “bolalarda eng kichik yoshdan boshlab shaxmatga havas uygʻotishadi”, deb maʼlum qildi.

“Aynan shaxmat oʻyini farzandlarimizning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va ularni mehnatga va gʻalabaga intilishga odatlantiradi”, - deb qayd qildi Agripina Shin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston shaxmat tarixida birinchi marta oʻsmirlar terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi va gʻoliblarga prezident sovgʻalari – «Spark» avtomashinalari topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0