Siyosat

"Qani shuncha mutaxassis?": Mirziyoyev mehnat bozoridagi muammoni koʻtardi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na zasedanii
Shavkat Mirziyoyev na zasedanii - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistondagi kollejlarni bitirgan mutaxassislar qani, degan savolni oʻrtaga tashladi Oʻzbekiston rahbari

TOSHKENT, 8 dek - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 26-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirda Oʻzbekistonda mehnat bozori oʻrganilmaganini afsus bilan qayd etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Dvorniki na ulitse v Dushanbe, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
XMT vakili Oʻzbekistondagi norasmiy mehnatga qarshi kurash boʻyicha fikr bildirdi

Prezident shu oʻrinda joriy yilda yoʻlga qoʻyilgan klaster tizimini tilga oldi.

"Klaster tizimini tajriba qilganlar daromad bilan chiqdi, lekin klaster tizimi kadr kerak - suvchi, yer tuzuvchi, ekologlar kerak. Yoʻq bizda ular! Klasterlarga, katta-katta chorva fermalarga boringlar - hammasi quyi pogʻonadagi mutaxassislarni chetdan olib kelgan", - dedi Mirziyoyev va "Shuncha kollejlarning mutaxassislari qani?" degan savolni oʻrtaga tashladi.

Oʻzbekiston rahbari afsus bilan mamlakatda kasb tarbiyasi mavjud emasligi, mehnat bozorini oʻrganish masalasi bilan hech kim jiddiy shugʻullanmayotganini aytdi.

"Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birga iqtisodiyotning real sektorida boʻladigan talabni kamida 10-15 yil oldin prognoz qilib, shunga qarab mutaxassis tayyorlash chorasini koʻrish vaqt-soati keldi", - deb xulosa qildi prezident.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala