Lionel Messi 15 million yevroga xususiy samolyot sotib oldi

© Urgente24Samolet Messi
Samolet Messi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lionel Messi Ispaniya va Argentina orasida parvoz qilish uchun 15 million yevroga samolyot sotib oldi.

TOShKENT, 9 dek – Sputnik. “Barselona” futbol jamoasi kapitani  Lionel Messi 15 million yevroga samolyot sotib oldi, deb xabar qilmoqda Argentina OAVlari.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Messi ushbu samolyotni Ispaniyadan Argentinaga borib kelib turish uchun xarid qilgan. "Gulfstream V" samolyotida 4 ekipaj a’zosi va 16  ta yo‘lovchi olishi mumkin. Xususiy samolyot ichida vanna va ovqatlanish xonalari bor. Ayni damda samolyot Buenos-Ayres shahri aeropakida turibdi.

Messi xohishiga ko‘ra, samolyotning dum qismida uning o‘yin raqami "10" va zinapoyalarida Messining rafiqasi va bolalarining ismlari yozilgan.

​“Gulfstream V” turdagi samolyotlar Gulfstream Aerospace kompaniyasi tomonidan dastlab 1995-yilda ishlab chiqarila boshlagan.  Samolyoti  ikkita reaktiv dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, uning uchish uzoqligi 12 000 km, uchish balandligi 16 km gacha yetishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0