Rossiyada qizil ikraning narxi keskin tushib ketdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishProdaja krasnoy ikri v Moskve
Prodaja krasnoy ikri v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada baliq yetishtirish bo‘yicha rekord o‘rnatildi, natijada qizil ikra narxi ikki baravar pasaydi.

TOShKENT, 9 dek - Sputnik. Rossiya baliqchilik xo‘jaligi boshqarmasida (Rosribolovstvo) yangi yil arafasida qizil ikra narxi tushib ketganini xabar qilishdi.

“Bu yil Tinch okeanida ovlangan losos baliqlari miqdori 677 ming tonnani tashkil qildi. Bu  2017 yilga nisbatan ikki baravar ko‘p. Rossiyada umumiy ovlangan baliq miqdori esa – 5 million tonnadan oshdi. Bu - sobiq Ittifoq davridan so‘ng o‘rnatilgan rekord!”, - dedi jurnalistlarga Rosribolovstvo rahbari Ilya Shestakov.

Rosribolovstvo rahbari aytishiga qaraganda bunday yuksak natijalarga erishishga baliq xo‘jaliklari va qo‘riqlash organlarining samarali faoliyati sabab bo‘lgan. Ikkinchidan suzib yuruvchi to‘rlardan foydalanish  bekor qilinishi natijasida qo‘riqxonalar ikra qo‘yadigan baliqlarga to‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0