Sport

Boks: Rossiya dunyo terma jamoasiga qarshi ringga chiqdi

© PhotoxpressBoks, bokserskiye perchatki
Boks, bokserskiye perchatki - Sputnik Oʻzbekiston
Boks boʻyicha Rossiya va dunyo  terma jamoasi uchrashuvi 6:2 hisobda rossiyalik bokschilar gʻalabasi bilan yakunlandi.

TOSHKENT, 10 dek – Sputnik. Kecha Moskvada boks boʻyicha antiqa turnir boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya terma jamoasi dunyo terma jamoasiga qarshi ringga chiqdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Vatan Qahramonlari kuniga bagʻishlangan ushbu maxsus turnirda 3 nafar Oʻzbekistonlik bokschilar ham ishtirok etishdi.

Rossiya – dunyo  turniri 6:2 hisobda rossiyalik bokschilar gʻalabasi bilan yakunlandi. 

Janglar natijalari quyidagicha boʻldi:

52 kg. Tamir Galanov (Rossiya) Xasanboy Doʻsmatovga (Oʻzbekiston) yutqazdi

57 kg. Albert Batыrgaziyev (Rossiya) Chatchaya Butdini (Tailand) yutdi

63 kg. Aleksey Mazur (Rossiya) Oganes Bachkovni (Armaniston)yutdi

69 kg. Shaxabas Maxmudov (Rossiya) Iqboljon Xoldorovni (Oʻzbekiston) yutdi

75 kg. Gleb Bakshi (Rossiya) Osleysu Iglesias Estradaga (Kuba) yutqazdi

81 kg. Imam Xatayev (Rossiya) Xulio Sezara de la Krusni (Kuba) yutdi

91 kg. Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) Erislandi Savonni (Kuba) yutdi

91+kg. Ivan Veryasov (Rossiya) Lazizbek Mullajonovni (Oʻzbekiston) yutdi

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala