Dunyoda

Orenburgda oʻtkazilgan tanlovda “Buxoro” qisqa metrajli filmi gʻolib boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara)
Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik Oʻzbekiston
Orenburgda shahrida oʻtkazilgan “Orenburg - Yevroosiyo yuragi” tanlovida “Buxoro” qisqa metrajli filmi gʻolib boʻldi.

TOSHKENT, 10 dek – Sputnik. Rossiyaning Orenburg shahrida “Orenburg - Yevroosiyo yuragi” turistik festivali boʻlib oʻtdi, viloyat rasmiy saytiga asosan.

Unda Rossiya va MDHning bir necha shaharlari oʻzlarining turistik salohiyatini namoyish etishdi. Festival doirasida bir necha nominatsiyalar boʻyicha qisqa metrajli filmlar koʻrik tanlovi ham boʻlib oʻtdi.

“Hududlar taqdimoti” nominatsiyasi boʻyicha Rossiya va Oʻzbekiston ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Buxoro” va “Elbrusgrad” qisqa metrajli filmlari gʻolib deb topildi", - deyilgan xabarda

Ikkinchi oʻrinda “Otshelnik” va “Kislovodsk: gorod-park” filmlari gʻolib deb topildi.

Festival doirasida, shuningdek “Eng yaxshi dam olish maskani”, “Eng yaxshi sogʻlomlashtirish  obʼyekti”, “Eng qiziq tarixiy obida” kabi tanlovlar boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala