"Chevrolet Tracker"ning narxi va savdo joyi ma’lum qilindi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAvtomobil Chevrolet Tracker
Avtomobil Chevrolet Tracker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan Chevrolet Tracker krossoverining narxini ma’lum qildi.

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. Shu yil 10-dekabridan GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilishni boshladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati. 

GM Uzbekistan zapustit proizvodstvo kompaktnogo krossovera Chevrolet Tracker - Sputnik O‘zbekiston
Chevrolet Trackerning narxi ma’lum bo‘ldi

Birinchi bosqichda Tracker krossoveri savdosi va xizmat ko‘rsatishi bilan O‘zbekistondagi birinchi multibrend “Nurafshon AvtoMarkaz” avtosalonining Sergeli tumani Obihayot ko‘chasi, 39 uyda joylashgan filiali shug‘ullanadi.

Xaridorlarga avtomobil ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan: Tracker LT M/T va Premier A/T. Tracker’ning LT M/T komplektatsiyasi narxi — 184 308 855 mln so‘m, Premier A/T esa 215 680 575 mln so‘mni tashkil qiladi.

Tracker yangi modeli o‘z sinfida uslub, sifat, qulaylik va xavfsizlikni mujassam qilgan yangi avtomobil bo‘lib xizmat qiladi.

“Avtomobilning kompaniya modellar qatoridan joy olishi O‘zbekiston bozori uchun mutlaqo yangi bo‘lgan SUV V sinfini qo‘shish maqsadida amalga oshirilmoqda, Tracker Saptiva avtomobilining o‘rnini egallashga mo‘ljallanmagan”, - deyilgan kompaniya xabarda.

Yangiliklar lentasi
0