Dunyoda

Hindiston hukumati Toj Mahalni turistlar oqimidan qutqarmoqchi

© AFP PHOTO/Prakash SINGHTadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodyaщiysya v Agre, Indiya
Tadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodyaщiysya v Agre, Indiya - Sputnik Oʻzbekiston
Hindiston Madaniyat departamenti vazirligi dunyoga mashhur maqbarani saqlab qolish maqsadida kirish uchun chipcha narxini oshirdi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Hindistonning Agra shahridagi Toj Mahal maqbarasiga tashrif buyurish narxi 200 rupiyga (uch dollarga) oshirildi. Bu haqda Hindiston arxeologiya boshqarmasi boshligʻi Vasant Kumar Svarnkaar maʼlumotiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Qoʻshimcha toʻlov obidaning asosiy joyi — Boburiylar avlodi boʻlgan Shoh Jahon va uning rafiqasi Mumtoz Mahalbegim qabrlarini ziyorat qilishni xohlaydiganlardan undiriladi. Buning uchun endilikda chipta uchun mahalliy aholi 250 rupiy (3,5 dollar), xorijliklar esa 1,3 ming rupiy (18,5 dollar) toʻlaydi.

© TAUSEEF MUSTAFA / AFPTadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodyaщiysya v Agre, Indiya
Hindiston hukumati Toj Mahalni turistlar oqimidan qutqarmoqchi - Sputnik Oʻzbekiston
Tadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodyaщiysya v Agre, Indiya

Hindiston madaniyat vazirligining RIA Novostiga maʼlum qilishicha, mazkur qaror Toj Mahalga tashrif buyuruvchilar sonini cheklashga xizmat qiladi, sababi qadimiy qadamjoning ichki qismi turistlarning toʻxtovsiz oqimi tufayli buzilishda davom etmoqda.

“Avvaliga Toj Mahalni bunday koʻp miqdordagi ziyoratchilardan qutqarish uchun hatto ikkita chipta tizimini kiritish rejalashtirilgan edi”, - deydi vazirlik vakili.

© Sputnik / Sergey Mamontov / Fotobankka oʻtishVid na Tadj-Maxal v gorode Agra.
Hindiston hukumati Toj Mahalni turistlar oqimidan qutqarmoqchi - Sputnik Oʻzbekiston
Vid na Tadj-Maxal v gorode Agra.

Eslatib oʻtamiz, Toj Mahal Zahiriddin Boburning evarasi boʻlgan Shoh Jahon tomonidan rafiqasi, oʻn toʻrtinchi farzandini dunyoga keltirayotganda hayotdan koʻz yumgan Mumtoz Mahalbegim sharafiga XVII asrda bunyod etilgan. Oʻzida fors, hind va arab meʼmorchilik uslublarini mujassamlashtirgan. Ushbu sehrli majmua haligacha butun dunyodan millionlab sayyohlarni oʻziga jalb qilmoqda. Mazkur koʻhna obida Hindistonning “tashrif qogʻozi” va u yerdagi eng mashhur yodgorlik hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala