Iqtisod

Investorlarga pullik magistral yoʻllar qurish uchun yoʻl va yer uchastkalari beriladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishPlatnыy uchastok skorostnoy trassы
Platnыy uchastok skorostnoy trassы - Sputnik Oʻzbekiston
Investorlar va tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida pullik magistral yoʻllar qurish boʻyicha yoʻl va yer uchastkalari beriladi.

TOSHKENT, 10 dek – Sputnik. 2018-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash kontseptsiyasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Avtomobilnaya trassa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent qaysi chorrahalarida yangi yoʻl belgilari oʻrnatiladi

Qarorga muvofiq, investorlar va tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida quyidagilar beriladi:

- pullik magistral yoʻllar qurish boʻyicha yoʻl va yer uchastkalari;

- shaxs yuzini va transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamini intellektual videokameralar orqali aniqlash tizimlarini joriy etish uchun yoʻl uchastkalari – 10 yilgacha boʻlgan muddatga;

- pullik toʻxtash joylari tashkil etish uchun yoʻl uchastkalari – 10 yilgacha boʻlgan muddatga;

- bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini ularning negizida avtomotransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq toʻlash qoidalari buzilganligini qayd etadigan axborot tizimlariga ega boʻlgan zamonaviy pullik avtomobil saqlash joylari tashkil etish uchun – 10 yilgacha boʻlgan muddatga;

- yoʻl boʻyi infratuzilma obʼyektlari, shu jumladan, kempinglar, motellar, haydovchi va yoʻlovchilar dam oladigan, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatiladigan va taʼmirlanadigan boshqa joylarni, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarni qurish uchun yer uchastkalari – 10 yilgacha muddatga.

Vstrecha v Departamente vneshneekonomicheskix i mejdunarodnыx svyazey Moskvы delegatsii Tashkentskogo xokimiyata i predstaviteley UBDD GUVD i ODD UBDD GUVD Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yoʻl harakatini boshqarishda Toshkent Moskva tajribasini oʻrganadi

Shuningdek, pullik avtomobil toʻxtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylaridan foydalanishdan tushadigan mablagʻlarning 30 foizdan ortiq boʻlmagan qismi – mahalliy byudjetga tushadi va kamida 70 foizi xususiy sherikning hisob raqamiga tushadi.

Oʻrnatilgan intellektual videokameralar yordamida aniqlangan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining kamida 20 foizi – respublika byudjetiga oʻtkaziladi, 20 foizi – mahalliy byudjetga tushadi, 30 foizi – Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga, 30 foizdan ortiq boʻlmagan qismi – xususiy sherikning hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala