Siyosat

Oʻzbekiston va AQSH Afgʻoniston prezidentining tinchlik dasturini qoʻllab-quvvatladi

© Press-slujba MID UzbekistanaMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov vstretilsya so spetspredstavitelem gossekretarya SSHA po afganskomu primireniyu Zalmayem Xalilzadom
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov vstretilsya so spetspredstavitelem gossekretarya SSHA po afganskomu primireniyu Zalmayem Xalilzadom - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani yaqinda Jenevada “Afgʻoniston uchun tinchlik dasturi”ni taqdim qilgan edi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibining Afgʻonistondagi yarashish boʻyicha Maxsus vakili Zalmay Xalilzod boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Prezident SSHA Donald Tramp. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Pokistondan Afgʻoniston va “Tolibon” masalasi boʻyicha yordam soʻradi

Oʻzbekiston – Amerika kun tartibining keng qamrovli masalalari hamda mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga qilgan tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan muzokaralari natijasida yangicha surʼat olgan ikki tomonlama munosabatlarning izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan eʼtirof etildi”, - deb qayd qiladi vazirlik matubot xizmati.

Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishning istiqbollari muhokamasi chogʻida muammoni harbiy yoʻl bilan yechib boʻlmasligi yana bir bor tasdiqlandi.

“Hech bir afgʻon ushbu siyosiy jarayonidan chetda qolib ketmasligi kerak. Dunyo hamjamiyati butun afgʻon jamiyatining mamlakatdagi tinchlik va taraqqiyot yoʻlidagi umummilliy manfaatlar artofida jipslashishiga koʻmaklashishi kerak”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda prezident Muhammad Ashraf Gʻanining yaqinda Jenevada ilgari surgan “Afgʻonsiton uchun tinchlik dasturi” qoʻllab-quvvatlandi va Afgʻonistonda yirik infratuzilma loyihalarini roʻyobga chiqarish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy obektlarni bunyod etishning amaliy jihatlari ham koʻrib chiqildi.

Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Britaniya Afgʻonistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor

AQShning Afgʻonistonda milliy yarashuv jarayoni boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad 2-20 dekabr kunlari bir necha davlatlarga tashrif buyurmoqda. Oʻzbekistondan tashqari Pokiston, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Belgiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarga tashrif buyuradi.
Eslatib oʻtamiz, Afgʻonistondagi tinchlik oʻrnatish masalasi Oʻzbekiston tashqi siyosatining faol yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bunday boʻlishiga qator ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jiddiy sabablar mavjud. Toshkentda oxirgi yil davomida Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga bagʻishlangan bir necha xalqaro anjumanlar boʻlib oʻtdi. Ulardan eng muhimlaridan biri - noyabr oyida Afgʻoniston tinchlik oʻrnatish boʻyicha Afgʻoniston, Pokiston va Oʻzbekiston ishtirokida uch tomonlama komissiyaning tuzilishi boʻldi. Xalqaro ekspertlar fikriga koʻra ushbu komissiya Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishda muhim rol oʻynashi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala