Hodisalar

Nukusda art obʼyektni tepib sindirgan bezori - jazolandi

I love Nukus yozuvidagi yurakni tepib sindirishdan maqsadi qiziqarli surat olib, ijtimoiy tarmoqlarda "layk" toʻplashdan iborat boʻlgan.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda 20 yoshli  yigit Nukus shahrining markaziy maydonlaridan birida joylashgan "I love Nukus" ("Men Nukusni sevaman") yozuvidagi yurakni  tepib sindirayotgani aks etgan surat tarqaldi. Bu haqda “Xalq soʻzi” nashri xabar qildi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Karim Muratniyazov (@k.muratniyazov)

IIV xodimlari bezorini qoʻlga olishdi. Yigit qilmishidan pushaymon boʻlgan, yozuvdagi yurakni tepib sindirishdan maqsadi esa qiziqarli surat olib, ijtimoiy tarmoqlarda "layk" toʻplashdan iborat boʻlganini aytgan.

Ayni damda bezorining ishi sudga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala