Jamiyat

“Tong yulduzi” mahallasida oʻzbek-tojik madaniyat markazi foydalanishga topshirildi

V maxalle "Tong Yulduzi" Chinazskogo rayona prodelanы stroitelnыe rabotы
V maxalle Tong Yulduzi Chinazskogo rayona prodelanы stroitelnыe rabotы  - Sputnik Oʻzbekiston
Qishloqni obodonlashtirish chogʻida, bu yerda koʻproq tojik millatiga mansub fuqarolar yashashi inobatga olinib, oʻzbek va tojik xalqlarining urf-odat hamda anʼanalarini yaqqol aks ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

TOSHKENT, 10 dek – Sputnik. Chinoz tumanidagi “Tong yulduzi” mahallada keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari bajarildi. Yoʻllari asfaltlandi, yangi turarjoylar va madaniy-maishiy obʼyektlar foydalanishga topshirildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pozdravlyayet grajdan s Dnem Konstitutsii - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Shavkat Mirziyoyev islohotlar, sudyalar va pensiya haqida nimalarni aytdi

Qishloqni obodonlashtirish chogʻida, bu yerda koʻproq tojik millatiga mansub fuqarolar yashashi inobatga olinib, oʻzbek va tojik xalqlarining urf-odat hamda anʼanalarini yaqqol aks ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Eng goʻzal binoda oʻzbek — tojik madaniyat markazi joylashtirildi. Bu yerdagi kutubxonada oʻzbek va tojik mumtoz adabiyoti durdonalari bilan bir qatorda, zamondosh yozuvchi hamda shoirlar asarlari jamlangan. Oʻquv va anjumanlar zali, tibbiyot xonasi zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlandi.

Qishloqdagi 47-umumtaʼlim maktabi toʻliq qayta taʼmirlandi hamda 180 oʻrinli qoʻshimcha bino qurildi. Yangi sport zalida bolalar uchun barcha shart-sharoit mavjud. 8-maktabgacha taʼlim muassasasi esa butunlay yangidan barpo etildi. 60 oʻringa moʻljallangan ushbu bogʻcha zamonaviy talablarga javob beradi. Har ikki muassasada ham taʼlim-tarbiya oʻzbek va tojik tillarida olib borilyapti.

Yangi qurilgan sport maydonchasida barcha imkoniyat bor. Toʻgaraklar faoliyat boshladi. Bogʻ va gulzorlar tashkil etildi. 28 ta xonadonda uy toʻylari boʻlib oʻtdi. 120 ish oʻrniga moʻljallangan “Fafir” toʻqimachilik fabrikasi ochildi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari tuman markazi filiali tashkil etildi.

Hududdagi Tinchlik, Obodlik, Yoshlik koʻchalariga asfalt yotqizildi.

Jitel Karakalpakstana nashel istoricheskiye kuvshinы u sebya na ogorode - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Daladan topilgan qadimiy koʻzalar hech kimga kerak emasmi?

Yangi qiyofa kasb etgan qishloqda tantanali tadbir oʻtkazildi. Unda soʻzga chiqqan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari respublikada olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar odamlarni rozi qilish maqsadiga yoʻnaltirilganligini alohida taʼkidladilar. Bu gʻoya tashkil etilgan badiiy chiqishlarda ham oʻz aksini topdi. Yangi qishloq xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlikning chin maʼnodagi ramziga aylanganini oʻzbek hamda tojik tillarida sheʼru qoʻshiqlar baralla yangraganidan ham bilish mumkin edi.

Tadbirda Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala