Toshkent - Turkiston yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Obuna bo‘lish
Toshkentdan Turkistongacha 6 soatu 40 daqiqada borish mumkin. Yo‘l kira narxi 50 ming so‘mni tashkil qiladi.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekiston 10-dekabrdan boshlab "Toshkent - Turkiston" yo‘nalishida yana bitta yangi xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qildi Turkiston viloyati akimati matbuot xizmati.

Mazkur qaror savdo-iqtisodiy va turistlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida qabul qilingan.

Perviy avtobus Samarkan - Pendjikent - Sputnik O‘zbekiston
“Chirchiq-Olmaota” yo‘nalishida avtobuslar qatnay boshladi

Mazkur xalqaro avtobus yo‘nalishida O‘zbekiston tomondan “O‘zavtotrans servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati va Qozog‘iston Respublikasi tomonidan “Baqdaulet Servis” kompaniyasi faoliyat ko‘rsatadi.
“Turkiston – Toshkent – Turkiston” xalqaro avtobus yo‘nalishi masofasi 335 kilometr bo‘lib, yo‘lga sarflanadigan vaqt 6 soat 40 daqiqani tashkil etadi.

Ikki yo‘nalishda har kuni ikkita avtobus harakat qiladi. Avtobuslar Turkistondan (“Oltin O‘rda” avtovokzalidan) – soat 07:00da, Toshkentdan esa (“Toshkent avtovokzalidan) soat 08:00 da  yo‘lga chiqadi.

Texnik tanaffus – 30 daqiqa. Yo‘nalish bo‘yicha yo‘l kira narxi tarifi O‘zbekiston pul birligida 50 ming so‘m, Qozog‘iston pul birligida 2 ming tenge etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi yil davomida O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar orasida o‘ndan ortiq xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Ular orasida Chirchiq-Olmaota, Toshkent-Xo‘jand, Toshkent - Olmaota, Toshkent - Chimkent, Samarqand - Panjakent, Andijon - O‘sh, Toshkent - Nijniy Novgorod, Termiz - Dushanbe, Farg‘ona - Xo‘jand, Toshkent - Bishkek, Farg‘ona - O‘sh, Toshkent - Issiq ko‘l va boshqalar bor. 

Yangiliklar lentasi
0