O‘tgan asrning eng mashhur qo‘shig‘i ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishSovmestniy konsert uchastnikov gruppi Queen i Adama Lamberta
Sovmestniy konsert uchastnikov gruppi Queen i Adama Lamberta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qo‘shiqni insonlar bir yarim milliarddan ko‘proq tinglashgan.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Queen guruhining "Bohemian Rhapsody" nomli qo‘shig‘i striming-xizmatlarida XX-asrning eng mashhur qo‘shig‘i deb topildi. Bu haqda Universal Music Group mediaxolding o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Mediaxolding talqiniga ko‘ra, ushbu qo‘shiqni insonlar bir yarim milliarddan ko‘proq tinglashgan.

"Bohemian Rhapsody" qo‘shig‘ini britaniyalik guruh yetakchisi Freddi Merkyuri 1975-yilda yozgan. Qo‘shiq o‘zining o‘zgacha shakli va to‘rtta turlicha uslubi: akapella, ballada, opera, rok bilan ajaralib turadi. Ushbu uslublar mayinlik bilan ijro etilib, koda bilan tugallanadi. Mazkur qo‘shiq asari Billboard talqiniga ko‘ra uch marta 1975, 1992, 2018-yillarda Hot 100 ro‘yxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0