"Hayratdamiz": brilliantlar bilan bezatilgan Boing internet foydalanuvchilariga yoqmadi

© Emirates Airline Samolet otdelanniy brilliantami
Samolet otdelanniy brilliantami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emirates aviakompaniyasiga tegishli brilliant toshlar bilan hashamatli bezak berilgan Boing internet makonida yashin tezligida tarqaldi. Hech kim bu hashamatdan hayratlanmadi, aksincha "shohona samolyot" internet foydalanuvchilarning tushunmovchiligiga sabab bo‘lmoqda

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Bloger Sara Shakil Emirates aviakompaniyasiga tegishli, sirti qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan boing suratini o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.

​Xuddi shu kunning o‘zida fotosurat Emirates aviakompaniyasining Twitterdagi profilida paydo bo‘ldi.

"Emirates Bling 777 e’tiboringizga havola qilamiz. Surat Sara Shakil tomonidan yaratilgan", — deb yozgan post ostida kompaniya vakillari.

Internet foydalanuvchilari surat tagida hayrat so‘zlari o‘rniga o‘zlarining nafrat to‘la izohlarini qoldira boshladilar. Ular ortiqcha dabdabadan nihoyatda g‘azabda ekanliklari yozib, bu pullarni o‘ta muhim narsalarga sarflash mumkin ekanligi alohida qayd etishgan.

Kadrning haqiqiy ekanligiga shubha bilan qaraganlar ham topilgan. Sanoqsiz yaltir-yultur "Fotoshop" ishidan boshqa narsamas, deb yozishgan ular.

Dabdabaga qarshi kurashuvchilar yengil tin olishlari mumkin, ushbu surat chop etilayotgan vaqtda birorta samolyotga shikast yetmagan va bir dona ham brilliant behuda sarflanmagan.

Sara Shakil – rassom bo‘lib, o‘z kolleksiyasida virtual tarzda yaltiroq ishlov berilgan o‘nlab fotosuratlarga ega. Masalan: "brilliant" kartoshka fri, brilliant muzqaymoq va hokazo.

Yangiliklar lentasi
0