O‘zbekiston elchisi Chingiz Aytmatov asaridan parcha o‘qib berdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishSeremoniya otkritiya pamatnika pisatelyu Chingizu Aytmatovu
Seremoniya otkritiya pamatnika pisatelyu Chingizu Aytmatovu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov Chingiz Aytmatovning o‘zbek tilida chop etilgan “Qiyomat” romanidan bir parcha o‘qib berdi.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Bugun Qirg‘izistonda Chingiz Aytmatov tavalludining 90-yilligi nishonlanmoqda. Ushbu munosabat bilan turli mamlakat vakillari, elchilar buyuk adib asarlaridan parchalar o‘qib berishdi, Sputnik Qirg‘iziston maqolasi asosida. 

Jumladn O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov Chingiz Atmatovning o‘zbek tilida chop etilgan “Qiyomat” romanidan bir parcha o‘qib berdi.

Qirg‘iz xalqining ulug‘ yozuvchisi Chingiz Aytmatov 1928-yilning 12-dekabrida Qirg‘izistonda tug‘ilgan. Yozuvchi ikki tilda: qirg‘iz va rus tillarida ijod qilgan. Ba’zi asarlar dastlab qirg‘iz tilidan yozilib, keyin yozuvchi tomonidan rus tiliga tarjima qilingan. O‘zbek tilida ham Chingiz Aytmatovning bir necha asarlar to‘plamlari chop etilgan: Somon yo‘li, Alvido ey Gulsari, Sarviqomat dilbarim, Oq kema, Birinchi muallim, Erta kelgan turnalar, Asrga tatigulik kun, Kassandra tamg‘asi, Oxirzamon nishonlari, Qulayotgan tog‘lar va boshqalar.

Chingiz Aytmatov SSSR davrida Mehnat qahramoni, Lenin ordeni, “Xalqlar do‘stligi” ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek adim O‘zbekistonning «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.

Yangiliklar lentasi
0