ID Afg‘oniston shimolida Rossiyaga qarshi targ‘ibot olib bormoqda

Obuna bo‘lish
Islomiy davlat” Afg‘oniston shimoliy hududlarida o‘zbek, tojik va turkmanlar orasida Rossiyaga qarshi kuchli targ‘ibot olib bormoqda.

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. “Islomiy davlat” Afg‘oniston shimolida aholi orasida faol ravishda Rossiyaga qarshi targ‘ibot olib bormoqda, deb xabar qilmoqda Afg‘onistonlik deputat Feysal Sami, RIA Novosti xabariga asosan.

ID jangarilari shunday yo‘l bilan mahalliy aholi vakillarinia o‘z saflariga qo‘shib olmoqchi.

“Islomiy davlat” vakillari Afg‘onistonning Markaziy Osiyoga chegaradosh bo‘lgan hududlarida yashayotgan o‘zbek, tojik va turkmanlar orasida Rossiyaga qarshi kuchli targ‘ibot olib bormoqda. Ular shunday yo‘l bilalan yoshlarni o‘z saflariga jalb qilishni niyat qilgan", - dedi Sami.

Deputat fikriga ko‘ra, Afg‘onistondagi ID jangarilari, ayrim kuchli davlatlar tomnidan yashirin holda qo‘llab-quvvatlab turilganinini xabar qildi. Deputat fikriga ko‘ra, biroving yordamisiz dangarilar bu yerda joylashib ola olmasdilar.

Deputat aytishiga qaraganda, ID Afg‘oniston orqali Markaziy Osiyo hududiga kirib Rossiya manfaatlariga zarar keltirishni o‘ziga maqsad qilib olgan.

Rossiya bir necha bor Afg‘oniston shimolida hech qanday belgilarga ega bo‘lmagan vertoletlarda jangarilar va ularga qurol-yarog‘ olib kelinayotganiga e’tibor qaratgan edi.

Yangiliklar lentasi
0