TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Germaniya gʻarbidagi Veyerl shahri koʻchalariga bir tonnaga yaqin eritilgan shokolad oqib ketdi. Bu haqda shahar yongʻin xavfsizligi xizmati saytida xabar berildi.
Shokolad 10 dekabr kuni DreiMeister fabrikasidan oqib ketgan.
“Mahalliy shokolad ishchilari rezervuarlardan bir toʻlib toshib, bir tonnaga yaqin eritilgan shokolad darvoza tashqarisiga oqib ketgani koʻrib qolishadi”, - deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Oʻt oʻchiruvchilar hodisa joyiga yetib kelishadi. Bir necha soat davomida koʻchani tozalashga toʻgʻri kelgan. Uyiga qaytayotgan shahar aholisi bir necha soat tirbandlikda turib, shirinlikning xushboʻy hididan bahramand boʻlishgan.

Firma direktori Markus Laki soʻzlariga koʻra, agar shunga oʻxshash avariya Rojdestvo bayrami oldidan bir necha kun oldin sodir boʻlganda, bu falokat boʻlardi.