Jamiyat

Senat raisi 30 yildan buyon bajarilmayotgan qonun ijrosini talab qildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nigʻmatilla Yoʻldoshev xorijiy soʻz va shevalardan foydalanayotgan boshlovchilar, til qoidalariga rioya qilmaydigan reklama va oʻzbek tilida nusxasi boʻlmagan qonunlarni tanqid qildi.

TOSHKENT, 13 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisida Senat raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev oʻzbek tili beparvolik va eʼtiborsizlik tufayli abgor holatga tushib qolayotgani haqida bayonot qildi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Oʻzbekcha-ruscha soʻzlashgich - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbek tilining tarixi yoxud Xodja, Dosmat, Maxamatlar qanday paydo boʻlgani haqida

Yoʻldoshevning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda davlat tili haqidagi qonunning 30 yilligi munosabati bilan, "ushbu shonli sanani nishonlashga puxta tayyorgarlik koʻrish va oʻzbek tili rivoji bilan bogʻliq muammolarni tahlil etish maqsadida" davlat tili haqidagi qonunning Toshkent shahrida, shuningdek, turli vazirlik va idoralarda ijro etilishi holati oʻrganilgan.

"Oʻrganishda mustabid tuzum hukmronligi davrida xalqimizning oʻziga xos jasorati timsoli sifatida qabul qilingan ushbu qonun ijrosi yillar davomida deyarli oʻz holiga tashlab qoʻyilgani aniqlandi", - deb taʼkidladi Senat raisi.

Yoʻldoshev soʻzlariga koʻra, eng afsusli jihat shundaki, tilning ijtimoiy ongni shakllantiruvchi muhim omil sanalishiga va inson qaysi tilda soʻzlasa va fikrlasa, oʻsha tildagi mafkuraga moyil boʻlishiga ahamiyat qaratilmagan.

Aksincha, qonun ijrosini nazorat qilishga masʼul boʻlgan parlament huzuridagi Doimiy til komissiyasi hamda Atamashunoslik qoʻmitasi faoliyatlari tugatilgan, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish ishlari esa, belgilangan muddatda toʻliq yakuniga yetkazilmagan. Keyinchalik qabul qilingan qonunlardagi normalarning "Davlat tili haqida"gi qonunga muvofiqligini taʼminlash masalasi ham eʼtibordan chetda qolgan.

Talabalar auditoriyada - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yangi oʻzbek tili va adabiyoti universitetiga 300 nafar talaba qabul qilinadi

"Qonunda javobgarlikka tortishga asos boʻluvchi normalar mavjud boʻlsa-da, qonun normalarining muntazam buzib kelinayotgani uchun biron-bir aybdor shaxs belgilangan tartibda javobgarlikka tortilmadi. Achchiq boʻlsa-da, aytishga toʻgʻri keladi – bu holat qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish oʻrniga, uni maʼlum maʼnoda ragʻbatlantirmoqda", - dedi Yoʻldoshev.

Senatorning taʼkidiga koʻra, bu kabi yana koʻplab kamchiliklar va hanuzgacha davom etayotgan qonunbuzarliklar, "qonunning egasiz va ojiz boʻlib qolgani oqibatida davlat tili nufuzi pasaymoqda".

"Telekanallarda efirga berilayotgan, nomi inglizchayu, oʻzi goʻyoki oʻzbekcha koʻrsatuvlar til qoidalariga mutlaqo yotligi masʼullarni ham, koʻrsatuvni tayyorlovchi "ijodkorlarni" hech boʻlmaganda uyaltirmayapti", - dedi Yoʻldoshev.

Senator lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida saboq olishni boshlagan yoshlar bugun 23 yoshdan oshganini aytdi.

"Fundamental-ilmiy, badiiy, siyosiy va boshqa adabiyotlarning aksariyati esa kirillcha qolib ketgan. Oqibatda, hayotning ayni ilm olishga zaruriyat va ishtiyoq tugʻilgan joʻshqin pallasida aksariyat yoshlarning imkoniyati cheklanib qolmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, tilimizning abgor holatga tushib qolayotganiga oʻzimizdagi beparvolik, eʼtiborsizlik va masʼuliyatsizlik sabab boʻlmoqda", - deb hisoblaydi senator.

Direktor analiticheskogo departamenta Alpari Aleksandr Razuvayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ekspert lotin alifbosining asosiy kamchiliklari xususida fikrini aytdi

Shu bois, Senat kengashi Vazirlar Mahkamasi va boshqa masʼul tuzilmalarga shu kabi koʻplab kamchiliklarni, davlat tili rivojiga toʻsiq boʻlayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilishga qaratilgan tavsiyalarni berdi. Xususan, "Davlat tili haqida"gi qonun ijrosini toʻliq taʼminlashga oid chora-tadbirlar, belgilangan "Yoʻl xaritalari"ni tasdiqlash, qonun talablarini vazirlik va idoralar tomonidan bajarilishi holatini Vazirlar Mahkamasining rayosatida muntazam ravishda muhokama qilib borish zaruriyati belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0